Markaziy bank 4-avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga pastlab, 10 646,98 so‘mni tashkil qildi. Yevro 20,06 so‘mga pastlab, 12 653,94 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 11,57 so‘mga ko‘tarilib, 10 654 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi ikki kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi.
Izoh (0)