Markaziy bank 29-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 21,97 so‘mga pastlab, 10 648,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro 11,39 so‘mga ko‘tarilib, 12 582,78 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi qatorasiga to‘rt kun ko‘tarilib, 10 670 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida esa 28-iyul kuni dollar kursi birinchi marta 10 720 so‘mga qadar ko‘tarildi.
Izoh (0)