• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy bank O‘zbekiston iqtisodiyotining 2021-yil bo‘yicha prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi

    Markaziy bank 2021-yil bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish bo‘yicha prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda regulyatorning ikkinchi chorak bo‘yicha pul-kredit siyosati bo‘yicha sharhida so‘z boradi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    2021-yil boshida Markaziy bank YaIM 4,5-5,5 foizga oshishini kutayotgandi, ammo endilikda prognozlar 5,8-6,8 foizni tashkil etmoqda.

    Skrinshot: Markaziy bank

    Skrinshot: Markaziy bank

    2021-yilning II choragida mamlakatda iqtisodiy faollikning jadal tiklanishi, yalpi talabning kutilganidan ko‘ra tezroq sur’atlarda o‘sishi davom etgan va aksariyat tarmoqlarda o‘sish ko‘rsatkichlari pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetgan. Xususan, 2021-yilning I yarim yilligida yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga qadar (318,4 trillion so‘m) yetgan.

    Iqtisodiyotning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari 8,5 foizga — 83,9 trillion so‘m, xizmatlar 18,3 foizga — 121,4 trillion so‘mga yetgan. Qurilish ishlari hajmi 0,1 foizgagina (7,1 foiz edi) — 20,8 trillion so‘mga, qishloq xo‘jaligi — 1,8 foizga (2,8 foiz edi) — 67,9 trillion so‘mga o‘sgan. Regulyator mazkur ko‘rsatkichlarning II yarim yillikda yaxshilanishini kutmoqda.

    Birinchi yarim yillikda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan markazlashmagan investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga oshgan. Tijorat banklari kreditlari, qarz mablag‘lari hamda xorijiy kredit liniyalari investitsion talab o‘sishining asosiy drayveri bo‘lib xizmat qilgan.

    Skrinshot: Markaziy bank

    Skrinshot: Markaziy bank

    Pandemiya bilan bog‘liq cheklov choralarining joriy etilishi hisobiga 2020-yilning I choragidan boshlab iqtisodiyotda YaIMning manfiy tafovuti shakllana boshlagan hamda II chorakda o‘zining eng chuqur nuqtasiga yetgan edi.

    Oxirgi 4 chorakda iqtisodiy faollik va yalpi talab o‘sishining bosqichma-bosqich jadallashib borishi hisobiga ishlab chiqarishning manfiy tafovuti qisqarib bordi. 2021-yilning II yarim yilligida iqtisodiy faollikning joriy sur’atlari saqlanib qolgan sharoitda ishlab chiqarish manfiy tafovutining asta-sekin qisqarib borib, yil so‘ngigacha yopilishi prognoz qilinmoqda.

    2021-yilda ham iqtisodiyotni fiskal rag‘batlantirishning davom ettirilishi, 2020-yilning IV choragi va 2021-yil I yarim yilligida pul-kredit sharoitlarining o‘zgarishsiz saqlanib qolishi fonida yalpi talabning tiklanib borishi, iqtisodiyotni erkinlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar natijasida xususiy investitsiyalar jalb qilinishining jadallashishi iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda asosiy omillardan bo‘ladi.

    Inflyatsiya borasidagi prognozlar o‘sha darajada qolmoqda — 9-10 foiz.

    Ta’kidlash joizki, Markaziy bank o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlarni amalga oshirishda dunyoda pandemiya va vaksinatsiya bilan bog‘liq vaziyatning shakllanishi, asosiy savdo hamkorlardagi iqtisodiy sharoitlar va tiklanish darajasi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi xatarlar hamda noaniqliklarni ham inobatga olishga harakat qilgan.

    Shu bilan birga, jahonda pandemiya to‘lqinining navbatdagi kuchayishi, koronavirus yangi shtammlarining tarqalishi va buning natijasida joylarda mahalliy cheklov choralarining kuchaytirilishi bilan bog‘liq xatar va noaniqliklar mavjud bo‘lib, yil yakuniga qadar iqtisodiy faollikka ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Skrinshot: Markaziy bank

    Skrinshot: Markaziy bank

    Avvalroq Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda 4,3 foizga, 2022-yilda esa 4,5 foizga o‘sishini prognoz qilgani haqida xabar berilgan edi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun asosiy xavflarni ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir: Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

    28.07.2021, 15:11   Izoh (0)   19036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘ona viloyati hokimi tadbirkordan 400 ming dollar pora olgani haqidagi xabarlar rad etildi. Hokim belidan operatsiya qilingan, hozir tiklanish jarayonida

    28.07.2021, 15:02

    Surxondaryo va Farg‘onada fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul so‘ragan talabalar ushlandi

    28.07.2021, 14:54

    Surxondaryodagi metan zapravkada “UAZ”ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi

    28.07.2021, 14:10

    Andijonda shar’iy nikohdagi eri boshqaga uylanayotgani uchun uni o‘ldirgan ayol 10 yilga qamaldi

    28.07.2021, 13:55

    O‘zbekistonda 29-iyul kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    28.07.2021, 13:25

    O‘zbekistonda 5-iyuldan beri pnevmoniyaga chalinganlarning 60 nafari vafot etgani ma’lum qilindi

    28.07.2021, 13:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.