Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni Toshkent shahridagi 21-mehribonlik uyini borib ko‘rdi.
Qayd etilishicha, mehribonlik uyida sharoitlar yaxshi. Lekin bolalar bilan yakka tartibda ishlash, ularni kasbga yo‘naltirish talab darajasida emas. Tarbiyalanuvchilarning 18 yoshdan keyingi mustaqil hayoti, oliy ma’lumot olishi va bandligiga ko‘maklashuvchi mas’ul idora yo‘q.
Shu bois davlat rahbari barcha Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi mas’ulligiga o‘tkazish taklifini bildirdi.
“Bu muassasalarning moddiy homiysi bor, ma’naviy homiy kerak. Bu ham savob, ham kerakli ish”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mamlakatda 16 ta mehribonlik uyi va 4 ta bolalar shaharchasi bor. Ularda 1 ming 823 nafar o‘g‘il-qiz yashab, o‘qimoqda. 86 ta maxsus maktab-internatda 21 ming 363 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ushbu muassasalar sinov tariqasida Milliy gvardiya mas’ulligiga o‘tkazilishi belgilandi.
Bolalarga ixtisoslashgan ta’lim berish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha metodika yaratish vazifasi qo‘yildi. Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarni fan, san’at va sport tashkilotlari bilan bog‘lab, tarbiyalanuvchilarning qobiliyatini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga: “Uy va ish bilan ta’minlanishingiz uchun imkoniyatlar yaratamiz”
- O‘zbekistonda yangi mehribonlik uylarini ochmaslik taklif etildi
- Qashqadaryoda yetarli sharoitlar yaratilmagan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari boshqa mehribonlik uyiga ko‘chirildi
- Shavkat Mirziyoyev: “‘Yoshlar daftari’dagi yoshlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish, bir oylik harbiy xizmatni o‘tash xarajatlari budjetdan to‘lab beriladi”
Izoh (0)