3D printerda qurilgan dunyodagi ilk bino, insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanayotgan prezident, bronejilet kiygan sog‘liqni saqlash vaziri. 26-iyul suratlari
26-iyul kuni olingan eng sara suratlarni namoyish etamiz.
Tokio olimpiadasida indoneziyalik syorfingchi Rio Vayda erkaklar o‘rtasidagi syorfing musobaqasining uchinchi bosqichida qatnashmoqda.Foto: “TASS”
Tunisliklar mamlakatdagi sog‘liq saqlash tizimidagi muammolarga javoban miting o‘tkazib, hukumat iste’fosini va parlamentni tarqatib yuborishni talab qilmoqda.Foto: Getty Images
Olimpiadada og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 61 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda qatnashayotgan yaponiyalik sportchi Yoichi Itokazu.Foto: “TASS”
Salvador Bosh prokuraturasi sobiq prezident Sanches Serena va to‘qqiz sobiq amaldorni korrupsiyada ayblamoqda. Suratda: Politsiya sog‘liqni saqlash vazirining sobiq o‘rinbosarini San-Salvadordagi sud qarorgohiga olib borishda himoya qilmoqda.Foto: EPA
Rossiyalik suzuvchi Yuliya Efimova Olimpiya o‘yinlarining yarim finalida 100 metrga brass usulida suzish paytida.Foto: “TASS”
Indoneziyaning Sulavesi orolida joylashgan Dupa plyajidagi qo‘riqxonada ekish uchun mangrov ko‘chatlarini yetishtirayotgan ko‘ngillilar.Foto: Getty Images
La-Mansh kanali orqali Buyuk Britaniyaga kelayotganida qutqarilgan muhojirlar.Foto: Getty Images
Juma kuni to‘qnashuv paytida Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan falastinlik Muhammad al-Tamimining qarindoshlari va onasi Isroil tomonidan ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohilning Deyr Nidham shahridagi dafn marosimi paytida motam tutmoqda.Foto: Reuters
Yakshanba kuni Ying-Fa tayfuni Xitoyning Jetszyan provinsiyasi qirg‘og‘iga yetib keldi. Shu sababli Xitoyning ko‘plab sohil mintaqalarida temiryo‘l, havo transporti, shuningdek, kemalar harakati to‘xtatilgan.Foto: Getty Images
Italiyaning Sardiniya orolida yuz bergan o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishda qatnashayotgan samolyot.Foto: AP Photo
Niderlandiyalik Matye van der Pul Tokio—2020 doirasidagi tog‘ velopoygasi musobaqasida yiqilib tushdi.Foto: Getty Images
Sloveniyadagi tuman bilan qoplangan 1 kilometr uzunlikdagi Torn Kal ko‘prigi. Ushbu fotosurat Canon kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Foto: Canon
Londonning Nine Elms dahasidagi suv toshqini ostida qolgan ko‘chadan harakatlanib ketayotgan taksi.Foto: Getty Images
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte niqobidagi namoyishchi uni insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblayotgan plakatlar oldida turib namoyishlarda qatnashmoqda.Foto: Reuters
Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Bad-Noyenar-Arvayler shahridagi toshqinlar oqibati.Foto: Getty Images
Namoyishchi orolning so‘nggi 30 yil ichidagi eng og‘ir iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgani sababli Oq uy oldida Kubani qo‘llab-quvvatlovchi mitingda qatnashmoqda.Foto: AFP
Afina yaqinidagi Kavouri plyajida suvga sakrash bo‘yicha BMX musobaqasida qatnashayotgan velosipedchi.Foto: Shutterstock
Turkiyadagi Tarsus tabiat bog‘ida Ommaviy axborot vositalari kunida kameradan qarab turgan lemur.Foto: Getty Images
Italiyada koronavirusga qarshi emlash pasportlari joriy etilishi sabab odamlar namoyish o‘tkazmoqda.Foto: Shutterstock
Oy fonida uchib o‘tayotgan samolyot.Foto: AFP
Korinf shahri yaqinidagi Spazolobi qishlog‘i yaqinida o‘rmon yong‘inini o‘chirish uchun suv olayotgan vertolyot.Foto: Reuters
Suriyaning Aleppo shahrida Usmoniylar davridagi qarorgoh bo‘lgan Bayt G‘azal uyini ta’mirlashda ishlayotgan ishchilar.Foto: Getty Images
Izoh (0)