21-iyul kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Hindistonda yosh musulmon Qurbon hayiti kunlari duo qilmoqda.

Foto: Getty Images

Rossiyaning bir nechta mintaqalarida yirik o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi. Yoqutiston va Kareliyada favqulodda holat e’lon qilindi. Yong‘indan hosil bo‘lgan tutun tufayli federal magistral yo‘lda transport harakati cheklandi.

Foto: “TASS”

Xitoyning Henan provinsiyasida suv toshqinlaridan kamida 25 kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi bedarak yo‘qolgan.

Foto: Getty Images

O‘rmon yong‘inlari tutuni tufayli to‘q sariq rangda ko‘rinayotgan quyosh Nyu-York shahridagi Ozodlik haykali orqasida turibdi.

Foto: Reuters

Hindiston janubidagi Chennay shahridagi masjidga borishdan oldin ko‘z qovoqlariga surma surayotgan bola.

Foto: EPA

Tokioda yelkanli qayiqlar sporti bo‘yicha Olimpiya musobaqasiga tayyorgarlik jarayoni.

Foto: Getty Images

Musulmonlarning Qurbon hayiti bayramida bolasini yuqoriga otib o‘ynatayotgan falastinlik.

Foto: Reuters

Belgiyada mamlakatning asosiy bayrami – Milliy kun nishonlandi.

Foto: AP Photo

Qozonda Isoning onasi kuni nishonlanishi munosabati bilan marsh uyushtirildi.

Foto: “TASS”

Moskva viloyatida minalarni qidirish va ularni zararsizlantirish bo‘yicha musobaqaning final bosqichi yakunlandi.

Foto: “TASS”

Kolumbiyada yangi norozilik namoyishlari boshlandi.

Foto: EPA

Britaniya va Fransiya hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga kelishib oldi. Dushanba kuni Buyuk Britaniyada yashash uchun 430 dan ziyod odam La-Manshni kesib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Tokio-2020 Olimpiadasi oldidan suv sporti markazida suvga sho‘ng‘ish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Foto: Reuters

Kemeron Smit Shotlandiyaning Angus qirg‘og‘idag g‘orlar tarmog‘ining bir qismini tashkil etuvchi Mobining g‘orini o‘rganmoqda.

Foto: PA

Tel-Aviv universitetida kiberhaftalik konferensiyasida namoyish etilgan, tashlab yuborilgan elektron qismlardan yasalgan kiber otning boshi.

Foto: Reuters

Angliya Sog‘liqni saqlash xizmati jazirama ob-havo juma kunigacha davom etishidan aholini ogohlantirdi.

Foto: Getty Images

Qozonda qurbonlikka tayyorlangan qo‘ylar chorva mollari bozorida yig‘ilib turibdi.

Foto: Reuters

Londonda koronavirus bo‘yicha cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng “Ozodlik kuni” namoyishida qatnashayotgan odam.

Foto: Reuters

Kanadan bosh vaziri Jastin Tryudo Hayit bayramida Hamiltondagi masjidga tashrif buyurdi.

Foto: Reuters

Tokio Olimpiadasidagi futbol musobaqasining “F” guruhidan o‘rin olgan Xitoy va Braziliya uchrashuvidan oldin stadion ichida yuziga niqob kiyib o‘tirgan yosh muxlis.

Foto: Reuters

Kolumbiyada Mustaqillik kuni hukumatga qarshi namoyishlar paytida politsiya tomon bolta ko‘tarib kelayotgan namoyishchi.

Foto: Reuters

Xitoyning markaziy Henan provinsiyasida kuchli yomg‘ir oqibatida sodir bo‘lgan suv toshqini oqizib ketgan mashinalarini tomosha qilayotgan odamlar.

Foto: AFP

Dubayda muzli hammom terapiyasida qatnashayotgan erkak. Mashq davomida 100 kilogramm muz idishga solinadi.

Foto: EPA

Tokio Olimpiadasi boshlanishidan oldin Yumenoshima kamondan otish maydonida mashg‘ulot o‘tkazayotgan kamonchilar.

Foto: Reuters

Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida shaharchadagi suv bosgan uydan suv chiqarib tashlayotgan nemis askari.

Foto: Reuters