Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatining Urgut tumani “Merganja” mahallasidan o‘tgan yo‘lda Cobalt avtomashinasi 5 yoshli qizni urib yuborgan. “Zamon” informatsion dasturi xabariga ko‘ra, qizaloq voqea joyida halok bo‘lgan.

Hodisa aynan qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Urgut tumani YHXB boshlig‘i Bahodir Xolmonovning ta’kidlashicha, YTH “qizaloq ota-onasi tomonidan qarovsiz qoldirilgani” oqibatida yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, qizcha, taxminan, soat 08:00 da bozorga borish maqsadida yo‘lni bir o‘zi kesib o‘tayotganida katta tezlikda kelgan Cobalt uni urib yuborgan. Zarb oqibatida qiz qarama-qarshi tarafdan kelayotgan “ZIL” yuk mashinasining orqa g‘ildiraklari ostida qolib ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi