Daryo

Sirdaryoda boshqaruv vaqtida uxlab qolgan yuk mashinasi haydovchisi YTH oqibatida vafot etdi

Shuningdek, yuk mashinasi salonida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish52 846 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir haydovchi vafot etdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 23-iyul kuni soat 06:00 M-34 avtomobil yo‘lining tuman hududidan kesib o‘tuvchi 75-kilometrida Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan “GAZ-53” yuk mashinasi yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga kelib urilgan. Oqibatda yuk mashinasi salonida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan, haydovchi esa voqea joyida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, avariyaga yo‘lning torligi, shuningdek, haydovchi uxlab qolgani sabab yuzaga kelgan.

Avvalroq Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas tut daraxtiga borib urilgani va yo‘lovchi vafot etgani, Namanganda uxlab qolgan Nexia haydovchisi YTH oqibatida halok bo‘lgani, Samarqandda uxlab qolgan Cobalt haydovchisi o‘zidan oldingi “KamAZ”ga urilishi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar