Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 20-iyul kuni soat 22:00 larda “Kamanda” MFY hududidan o‘tkuvchi 4R-92 Qarshi—Talliqo‘rg‘on—Jenov—Pomiq avtomobil yo‘lining 1-kilometrida Nexia-3 va “VAZ-2106” avtmobillari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Avariya oqibatida “VAZ-2106” ichida bo‘lgan yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlaridan vafot etgan, mashina haydovchisi esa shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, avariya Nexia-3’ning mumkin bo‘lmagan joydan quvib o‘tishga uringani oqibatida yuzaga kelgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda yuk mashinasi va ikki Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani, Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Parkentda tormozi ishdan chiqqan Howo yuk mashinasi 7 ta avtomobil bilan to‘qnashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi