Yangi O‘zbekiston universitetida o‘qish uchun kontrakt narxi e’lon qilindi. Narxlar universitet saytida ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra:
- mahalliy talabalar uchun bir semestrga 24 mln 850 ming so‘m;
- xorijiy talabalar uchun esa bir semestrga 5 ming AQSh dollari etib belgilangan.
Mavzuga doir: “Yangi O‘zbekiston universitetida faqat Prezident maktabi bitiruvchilari o‘qiydi, degan xulosaga o‘rin yo‘q” – Sherzod Asadov
Qabul imtihonlarini Kembrij universiteti o‘tkazadi. O‘quv reja va dasturlar Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Shuningdek, ular ta’lim sifatini nazorat qilish, laboratoriya va kutubxonalarni to‘ldirishga ko‘maklashadi. Universitetga germaniyalik rektor tayinlanishi kutilmoqda.
Universitetda 5 ta – muhandislik, tabiiy fanlar, boshqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari bo‘ladi. Darslar o‘zbek va ingliz tillarida olib boriladi.
Izoh (0)