Toshkent shahrida 5–10-iyul kunlari atmosfera havosidagi changning ruxsat etilgan o‘rtacha kunlik konsentratsiyasi 3,3 baravarga oshib ketdi. Bu haqda 13 ta statsionar postda havoning ifloslanish kuzatuvlari borasida olib borilgan monitoring ma’lumotlariga tayanib, “O‘zgidromet” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shahar bo‘yicha ushbu davrda azot dioksidi 1,5 marta; vodorod ftorid (HF) bo‘yicha 1,6 marta, fenol va uglerod oksidi bo‘yicha 1,3 marta ortgani qayd etilgan.
Boshqa ifloslantiruvchi moddalar sanitar me’yordan oshmagan.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” Toshkent shahrida jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotganini, ular hatto kuchsiz shamol esganda ham havoga ko‘tarilishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)