“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
12:56, 14.07.2021 7383

Qovoqchaga sarimsoq va smetana qo‘shib mazali omlet tayyorlaymiz

Nafaqat issiq, balki sovuq holida, shuningdek, istalgan sous bilan qo‘shib iste’mol qilsa bo‘ladigan omlet retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha (kabachka) — 1 dona;
  • tuxum — 3 dona;
  • smetana — 1 osh qoshiq;
  • murch, tuz;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • sarimsoq piyoz — 1 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qovoqchani 1 santimetrdan katta bo‘lmagan qalinlikda kesib chiqing.
  • Tuz seping va 10 daqiqaga qoldiring, ajralgan suvini to‘kib qog‘oz sochiqda quriting.
  • Tuxumga, smetana, tuz va murch qo‘shib sanchiq yordamida aralashtiring.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada qovoqchaning har ikki tarafini qovurib oling.
  • Maydalangan sarimsoq seping, tuxumli aralashmani solib 7-8 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Ko‘katlar bilan, shuningdek, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan ham bezasangiz bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!