Daryo

Besh daqiqa sarflab uy sharoitida tabiiy muzqaymoq — sorbet tayyorlab ko‘ring

Sorbetning rangi tiniq va yorqin bo‘lishi uchun tabiiy sharbatlardan foydalangan yaxshi

1 daqiqa o‘qish47 476 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Jaziramada muzqaymoq olish uchun pul sarflashga hojat yo‘q.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • mevali sharbat — 100 ml;
  • muz — 3-4 hovuch;
  • tuz — 1 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Mevali sharbatni old qismi yopiladigan plastik paketga soling, havoni chiqarib, yaxshilab yoping.
  • Sorbetning rangi tiniq va yorqin bo‘lishi uchun tabiiy sharbatlardan foydalangan yaxshi.
  • Kattaroq o‘lchamli plastik paketga muz va tuz soling, ichiga sharbat solingan paketni soling.
  • Muzli paketni yaxshilab yopib, 5 daqiqa davomida silkiting.
  • Sorbet quyuqlashganda paketdan olishingiz mumkin bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar