Daryo

Uyda tayyorlash mumkin bo‘lgan 3 xil muzqaymoq retsepti

Shirinlikni qirg‘ichdan chiqarilgan shokolad yoki mevalar bilan bezang

1 daqiqa o‘qish49 852 ko‘rishlar0 izoh1

Issiq kunda muzqaymoqqa bo‘lgan talab har qachongidan ham yuqori bo‘ladi. Uyda tayyorlangani esa sifatli va yanada mazali bo‘ladi.

Banan va qulupnay qo‘shib tayyorlanadigan vegancha muzqaymoq

Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • muzlatilgan banan bo‘laklari — 4 dona;
  • qulupnay — 500 g;
  • vanilin;
  • mayiz;
  • bezak uchun oq shokolad.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Mevalarga vanilin, mayiz qo‘shib, blenderda aralashtiring.
  • Muzlatkichda muzlatib olgandan keyin qandolat qopchalari orqali stakanlarga solib chiqing.
  • Meva va oq shokolad bilan bezang.
Asal qo‘shib tayyorlanadigan muzqaymoq
Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • tvorog yoki yogurt — 250 g;
  • asal — 4 osh qoshiq;
  • qaymoq — 400 g;
  • quritilgan laym po‘sti — 400 g.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Tvorog yoki yogurtga asal va laymning qirg‘ichdan chiqarilgan po‘stini qo‘shing.
  • Qaymoq qo‘shib aralashtiring.
  • Muzlatkichga qo‘ying.
  • Ustini meva va yong‘oqlar bilan bezang.
Qahvali muzqaymoq
Foto: Elle
Kerakli mahsulotlar:
  • muzlatilgan banan bo‘laklari — 4 dona;
  • damlab, sovitilgan qahva;
  • kakao — 2 osh qoshiq;
  • sharbat — 4 osh qoshiq;
  • qaymoq;
  • shokolad.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Barcha mahsulotlarni qo‘shib, blenderda aralashtiring.
  • Aralashmani qahva finjonlariga solib, muzlatkichga qo‘ying.
  • Ustini qirg‘ichdan chiqarilgan shokolad bilan bezang.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar