Uzbekistan Airways’ning 12-iyul kuni Olmaotaga parvozni amalga oshirayotgan samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi.
Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, HY-763 reysi bo‘yicha Toshkent—Olmaota yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan Airbus 320 samolyoti Qozog‘iston hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi sabab Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytgan.
Ma’lumot uchun, HY-763 reysi Toshkentdan soat 15:20 da uchib, Olmaotaga soat 17:50 da yetib borishi kerak bo‘lgan. Soat 19:52 da qayta parvozni amalga oshirgan. Samolyot Olmaotaga soat 21:55 da yetib borishi kutilmoqda.
Izoh (0)