10-iyul kuni soat 21:05 da O‘zbekistonning ikki viloyatida yerosti silkinishlari kuzatildi. FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Qirg‘izistonda joylashgan.
Xabar berilishicha, zilzila episentri Toshkent shahridan 276 kilometr janubi-sharq yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,3 ballga teng bo‘lgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
- Farg‘ona shahrida 3-4 ball;
- Andijon shahrida 3 ball tashkil qilgan.
Izoh (0)