9-iyul kuni dunyoning turli nuqatalaridan olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Germaniyadagi Minis hayvonot bog‘ida yumshoq o‘yinchoq bilan o‘ynayotgan qutb latchasi.

Foto: Getty Images

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollarini tinglamoqda. Anjumanda Adliya vazirligidan tashqari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura va Oliy sud mutasaddilari ikki muhim hujjat, shuningdek, korrupsiya masalalariga oid savollarga javob berib o‘tdi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Gamburgdagi Xagenbek hayvonot bog‘ida istiqomat qiluvchi Zuan laqabli orangutan.

Foto: Getty Images

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Nanay sharsharasi. Mamlakatda kuzatilayotgan issiq ob-havo tufayli sharsharaga tashrif buyurganlar ko‘paymoqda.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Barselonada Yevropa havo sharlari festivali boshlandi. Unda butun qit’a bo‘ylab kelgan havo shari ishlab chiqaruvchilar va havaskorlar ishtirok etadi.

Foto: EPA

Angliyada koronavirus shaklidagi puflangan shar joylangan ibodatxona yonida turgan ijodkor Stiv Messam.

Foto: PA

Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tog‘ tizmasi fonidagi Chorvoq suv ombori.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Moskva metrosining Smolenskaya stantsiyasi rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi.

Foto: EPA

Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda ishtirok etayotgan o‘t o‘chiruvchilar.

Foto: “TASS”

Pragadagi Charlz ko‘prigining beton to‘sig‘ida noma’lum shaxslar qoldirib ketgan yozuvlar.

Foto: “TASS”

Niderlandiyadagi Stavoren portidan ko‘rinayotgan quyosh botishi.

Foto: EPA

Shveytsariyada 11-iyul kuni daraxtlarning yuqori qismi balandligida 1,56 kilometrli dunyodagi eng uzun piyodalar yo‘li ochiladi.

Foto: EPA

O‘t o‘chiruvchilar kamida 52 kishining umriga zomin bo‘lgan zavoddagi yong‘inni o‘chirishga urinmoqda.

Foto: Shutterstock

Londonning Kirbi dahasidagi uylarga ilingan Yevro—2020 musobaqasi finaliga chiqqan Angliya bayroqlari.

Foto: Getty Images

Kaliforniyadagi Plumas milliy qo‘riqxonasida kelib chiqqan yong‘in oqibatida avtomobil yo‘lida yugurib ketayotgan kiyik bolasi.

Foto: AP Photo

Pxenyanda marhum rahbarlar Kim Ir Sen va Kim Chen Ir vafotiga bag‘ishlangan portret oldida ta’zim qilib turgan odamlar.

Foto: Getty Images

Indoneziyaning Banda Acheh chekkasida kuchli yomg‘ir oqibatida sodir bo‘lgan suv toshqinidan keyin ko‘chada yurgan bolakay.

Foto: AFP

Gaiti prezident Jovenel Moizning o‘ldirilishida qatnashgan gumonlanuvchilar ommaviy axborot vositalarida namoyish etilmoqda. Moiz 7-iyul kuni shaxsiy qarorgohiga qilingan hujumda o‘ldirilgan.

Foto: AP Photo

Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates jamoasi velosipedchisi sloveniyalik Tadej Pogachar Tour de France musobaqasining 13-bosqichida sariq futbolkada harakat qilmoqda.

Foto: Reuters

Luiziana shtatining Yangi Orlean shahrida asalarichilik bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada g‘olib bo‘lgan birinchi afroamerikalik 14 yoshli Zaila Avant-garde.

Foto: Reuters

Kaliforniyada quyosh botishi fonida dengizda eshkak eshayotgan bolalar guruhi.

Foto: Reuters