Internetda pop-it (stressni yengishga yordam beruvchi o‘yinchoq) o‘ynayotgan maymun videosi virus kabi tarqaldi, deb xabar beradi Esquire.

Kadr: Instagram

Maymunning laqabi Geytlin Rey bo‘lib, u qo‘ng‘ir qorabosh kaputsin turiga kiradi, yoshi yettida. Geytlin Reyning TikTok, Instagram va YouTube’da shaxsiy profillari mavjud.

Diqqatini jamlagan holda yumshoq pufakchali antistress-o‘yinchoqni panjalari bilan urayotgani tasvirlangan video TikTok’da ikki kun ichida 3,4 million martadan ortiq tomosha qilingan va 570 mingga yaqin layk to‘plagan.

Video ostidagi izohlarda foydalanuvchilar maymunni pop-iti bor insonlarga qiyoslamoqda.

Geytlin Rey — qo‘liga pop-it tushib qolgan birinchi maymun emas. Internetda boshqa shu kabi roliklarni ham uchratish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprelida Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi miyasiga chip o‘rnatilgani sabab videoo‘yinlarni o‘ynash qobiliyatiga ega Peyjer laqabli to‘qqiz yoshli makakaning roligi bilan bo‘lishgandi.