• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi sport maktablarida davlat buyurtmasi asosida razryadli va unvonli sportchilarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

    Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni sport ta’limini rivojlantirish va Olimpiya zaxiralarini tayyorlash masalalariga doir taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 15 ta olimpiya zaxiralari kolleji, 344 ta sport maktabi va 7 ta oliy sport mahorati maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularda 380 ming nafar yosh 100 dan ortiq sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

    So‘nggi uch yilda Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari xalqaro musobaqalarda 723 ta, respublika turnirlarida 10 mingdan ziyod medallarni qo‘lga kiritgan. Qariyb 4 ming 500 nafar o‘quvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalariga qabul qilingan.

    Bu sohani yanada rivojlantirish uchun sport ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, murabbiylar malakasini oshirish zarur.

    Xususan, ushbu muassasalarda ishlayotgan 14 mingga yaqin murabbiylarning qariyb 6 ming nafari oliy ma’lumotga ega emas. Shuningdek, joylarda ot sporti, zamonaviy besh kurash, regbi, o‘q otish, kamondan otish, velosport, suvga sakrash va sinxron suzish bo‘yicha murabbiylar yetishmaydi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Taqdimotda sport ta’limi tizimini tubdan yaxshilash, zamonaviy dastur va metodikalarni joriy etish, muassasalarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Davlat rahbari Olimpiya zaxiralari kollejlari hamda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilab, sport ta’limini takomillashtirish, o‘quvchi va talabalar sonini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Sohadagi ta’lim muassasalarining Paralimpiya bo‘limlariga 10 foizgacha qo‘shimcha kvota ajratilishi hamda ota-onalar tomonidan to‘lov tartibi bekor qilinishi belgilandi. Shuningdek, qizlar uchun kvotani ko‘paytirish orqali Xalqaro olimpiya qo‘mitasining gender tenglikka doir tamoyillari ta’minlanadi.

    Seleksiya ishlarini kuchaytirish, bu jarayonda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlab, korrupsiya holatlariga barham berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Olimpiya zaxiralari kollejlariga o‘quvchilarni qabul qilish, iqtidorli sportchilarni saralash va musobaqalar tashkil etish bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Olimpiya zaxiralari kollejlarini sport federatsiyalari bilan uzviy bog‘lash, iqtidorli yoshlarni o‘stirishda promouter, skaut, agent kabi mutaxassislar faoliyatini keng qo‘llash va bu yo‘nalishlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

    Sportchilarning jismoniy, tibbiy va psixologik holatini hamda farmakologik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Sportchilarni tayyorlash va o‘quv muassasalarini boshqarish tizimini ilmiy asoslangan ravishda rivojlantirish zarurligi aytildi.

    2021/2022-o‘quv yilidan boshlab, sport maktablarida davlat buyurtmasi asosida razryadli va unvonli sportchilarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

    Murabbiylar yetishmayotgan sport turlari bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, ularga mahalliy murabbiy va talabalarni biriktirib, tajribasini o‘rganish kerakligi qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sport ta’limi muassasalarini qurish va ta’mirlash, zamonaviy jihozlar va sport adabiyotlari bilan ta’minlash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

    Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik masalalariga ham e’tibor qaratildi. Sportchilarimiz Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan ushbu nufuzli musobaqaga jami 126 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

    Davlat rahbari sportchi va murabbiylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yaxshi natijalarga erishishi uchun barcha sharoitlarni yaratish zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, 2024-yili Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Bundan avval sportga ajratiladigan 100 milliard so‘mdan O‘zbekistondagi har bir bog‘chaga 2 millionlik, maktablarga 5 million so‘mlik sport jihozlari olinishi hamda O‘zbekistondagi maktablarda 2021/2022-o‘quv yilidan jismoniy tarbiya darsi haftada 2 soatdan o‘tilishi haqida xabar berilgandi.

    09.07.2021, 22:10   Izoh (0)   41043
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Korrupsion jinoyatlarning aniq ro‘yxati shakllantirilishi kutilmoqda” – Oliy sud raisi o‘rinbosari

    09.07.2021, 21:43

    Samarqandda YPX xodimini urib, tan jarohati yetkazgan haydovchiga nisbatan jinoiy ish ochildi

    09.07.2021, 21:27

    Urganchda bir guruh ayollarning o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. IIB video yuzasidan ma’lumot berdi

    09.07.2021, 21:12

    O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda jinoiy javobgarlik qanday kuchaytirilishi ma’lum qilindi

    09.07.2021, 20:42

    Toshkentda yana 100 va 300 o‘rinli kovid-markazlar ochiladi

    09.07.2021, 20:11

    Bosh prokuror o‘rinbosari o‘tgan 4,5 yilda korrupsiya oqibatida davlat va fuqarolar manfaatiga qancha zarar yetganini ma’lum qildi

    09.07.2021, 19:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.