“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
20:42, 06.07.2021 15631

Toshkent metropoliteni xodimlari oyligini oshirish rejalashtirilmoqda

Toshkent metropoliteni xodimlari oylik maoshlarni oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali reportajidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Reportajda poytaxt metrosi ishchilarining 2021-yilning birinchi choragi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqlari va ularni oshirish haqida ma’lumot kadrga tushib qolgan. Unga ko‘ra, metropoliten ishchi xodimlarining o‘rtacha ish haqi 2,1 million so‘mni, “O‘zbekiston temir yo‘llari” ishchi xodimlariniki esa 4 million so‘mni tashkil etadi.

Foto: Videodan kadr

Metropoliten ishchilari oyliklarini sentabrda 3,1 million so‘mgacha, noyabr oyida esa 3,7 million so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 7-may kuni jurnalistlar uchun tashkil etilgan press-turda OAV vakillariga intervyu bergan Toshkent metropoliteni rahbari Oybek Xudoyqulov metro xodimlari va mashinistlarning maoshi qancha ekanligini aytib o‘tgandi. “Mashinistlarning maoshi o‘rtacha 3—3,5 million so‘m. Undan yuqori oluvchilar ham bor. Bu borada ularning toifasi ham rol o‘ynaydi. Bir joyda ko‘p yildan beri xizmat qilayotganlarning maoshini 4 million so‘mgacha olib chiqdik”, — degan edi u.

Avvalroq ushbu reportajda Respublika Transport prokuraturasi Toshkent metropolitenida o‘rganish ishlarini olib borgani, sohada ko‘plab qonun buzilishi holatlari sodir etilgani aniqlangani ma’lum qilingandi. Xususan, 2021-yilning may—iyun oylarida Toshkent metropoliteni UKda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 650 ta inson omili bilan bog‘liq kamchilik topilgan.

Shuningdek, Toshkent halqa yo‘li yerosti metropolitenida olib borilgan qurilish ishlarida 899 million so‘m talon-toroj qilingan va ushbu holatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Boshqa yangiliklar