Toshkent shahri Olmazor tumanida “kolodets”ga tushib, havo yetishmasligi oqibatida ahvoli yomonlashgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi, deya xabar qilmoqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 8-iyul kuni, taxminan, soat 16:55 larda Olmazor tumani, Chuqursoy ko‘chasida joylashgan “Logistika yuk tushirish markazi” hududida mavjud chuqurlikni (kolodets) tozalash maqsadida tushgan ikki nafar fuqaroning havo yetishmasligi oqibatida ahvoli og‘irlashgan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhi tomonidan fuqarolar chuqurdan olib chiqilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatish xodimlariga topshirilgan.
Bundan avval FVV xodimlari Jizzaxda quduqqa tushib ketgan sigirni qutqargani, Andijonda xandaq qaziyotganda tuproq bosib qolgan fuqaro qutqarilgani hamda Toshkent va Samarqand viloyatida quduqqa tushib ketgan fuqarolar qutqarib olingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)