Hafta davomida dunyoning turli burchaklarida olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Vashingtonda joylashgan parkdagi favvora oldida suv kirib ketmasligi uchun burnini berkitib turgan qizaloq. Hafta davomida AQShning ko‘p qismida jazirama issiq havo kuzatildi.

Foto: AFP

To‘y dasturxoni uchun tayyorlab qo‘yilgan paxta gulli choynaklar. Farg‘ona viloyati.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Odamlar Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yilligi arafasida neo shouni tomosha qilayotgan vaqtda osmonda ko‘ringan chaqmoq.

Foto: AFP

Toshkentdagi “Islom ota” masjidida 28-iyun kuni shom namozidan so‘ng duo qilayotgan jamoat. Respublika maxsus komissiyasi aynan ushbu kundan boshlab masjidlarda ibodatlarni ochiq havoda ado etishni tavsiya qilgandi.

Foto: Abdurrohman Husinddin

Toshkentdagi “Botanika” bog‘ida tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida ishtirok etish uchun kelgan ichki ishlar akademiyasi kursantlari. Eslatib o‘tamiz, 30-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu forumda qatnashib, unda nutq so‘zladi, bir guruh yoshlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ikki oyog‘idan ayrilgan jiu-jitsu bilan shug‘ullanuvchi Fotima Favzi Bog‘doddagi uyida tozalash ishlarini amalga oshiryapti.

Foto: Reuters

Toshkent markazidagi Sayilgoh ko‘chasida ko‘ngilochar tomosha o‘tkazilmoqda. Eslatib o‘tamiz, respublika bo‘ylab 28-iyundan karantin cheklovlari kuchaytirildi. Unga ko‘ra, ko‘ngilochar va ovqatlanish obyektlari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Falastinlik namoyishchilar Isroil xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvda ularni toshbo‘ron qilmoqda. G‘arbiy Sohilda Isroil tomonidan yangi tashkil etilgan Eviatar aholi punktiga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Foto: AFP

Toshkent shahri, Sergeli tumanidagi Sanitariya-epidemiologiya xizmati binosi darvozasiga ilib qo‘yilgan eslatmalar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kaliforniyada kuzatilayotgan jazirama oqibatida yirik o‘rmon yong‘inlari kelib chiqdi.

Foto: “TASS”

30-iyun kuni Botanika bog‘ida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumi . Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, uning o‘rinbosari Nodir Jonuzoq, O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov do‘ppi kiyib olgan holda o‘z joylariga kelishmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Turkiyaning Ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Istanbul konvensiyasidan chiqish qaroriga qarshi miting paytida namoyishchilar bilan to‘qnashgan politsiyachi.

Foto: AFP

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida to‘y oshi uchun bir kun avval o‘tkaziladigan “Sabzi to‘g‘rash” marosimida masalliqlar tayyorlanmoqda.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Birzeit universitetidagi bitiruv marosimida qatnashayotgan falastinlik talabalar.

Foto: Shutterstock

Toshkent viloyatidagi 21-son jazoni ijro etish muassasasi madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Respublika ayollar muammolari eksperti, huquqshunos Jamila Shermuhammedova mahkumalardan birini bag‘riga bosib turibdi.

Foto: IIV huzuridagi Jazoni ijro etish muassasalari departamenti

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi shtati Vankuver shahridagi favvorada jazirama vaqtida chomilayotgan Venera laqabli it.

Foto: Reuters

30-iyun kuni Toshkentdagi Botanika bog‘ida tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumi doirasidagi ko‘rgazmada ishtirok etayotgan rassom-talaba. Forum doirasida bog‘ bayramona bezatildi, yoshlarning ilm-fan, texnologiyalar, adabiyot, san’at kabi sohalarda erishayotgan natijalarini aks ettiruvchi ko‘rgazma va namoyishlar tashkil qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Dubay amirligidagi Shayx Zayd ko‘chasidagi osmono‘par binolar yaqinida qurilayotgan 81 metrlik “Kelajak muzeyi”.

Foto: AFP

Merilend shtatining Annapolis shahridagi AQSh dengiz akademiyasini yakunlagan kursantlar qasamyod qilish marosimida qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Pokistonning Islomobod shahri chekkasida bo‘lib o‘tgan an’anaviy buqa poygasini tomosha qilayotgan fermerlar.

Foto: AFP

Ogayo shtatining Lorayn okrugida chiqish qilgan Donald Tramp tarafdorlari tomonidan olqishlanmoqda.

Foto: Reuters

Tigray Mudofaa Kuchlari askarlarining Mekelle viloyatiga qaytib kelganini nishonlash uchun ushbu harbiy guruh bayrog‘i ranglarida bo‘yalgan otda ketayotgan odam.

Foto: AFP

Leypsig hayvonot bog‘ida onasi bilan birga o‘tirgan sher bolalari.

Foto: Getty Images

Sitsiliyada Etna vulqonidan lavaning otilishi.

Foto: Getty Images

Vyetnamda nilufar gullari mavsumi boshlandi.

Foto: EPA

Braziliyaning mahalliy tub aholisi muhofaza qilinadigan qabila zaxiralaridagi yerlarda tijorat, qishloq xo‘jaligi va tog‘-kon sanoati ishlarini olib borishga ruxsat beruvchi qonun loyihasiga qarshi norozilik namoyishida qatnashadi.

Foto: Reuters

Indoneziyaning Bromo vulqonida qurbonlik marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Marosimda mahalliy aholi qurbonlik uchun uy hayvonlarini vulqon og‘ziga tashlaydi.

Foto: Getty Images

Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan “Qizil yelkanlar” shou ko‘razmasi.

Foto: “TASS”

Nepalda Milliy guruch kuni nishonlandi. Bu kunda dalalarga sholi ekish boshlanadi.

Foto: Getty Images

Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yilligi munosabati bilan Pekinda bo‘lgan konsert ishtirokchilari.

Foto: “TASS”

Dublin markazida dronga hujum qilayotgan chag‘alay.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Kayseri hayvonot bog‘ida yangi tug‘ilgan lama bolasi.

Foto: Getty Images