• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Biz koronavirusni juda behurmat qilib yubordik”. Toshkentning bosh shifokori yangi cheklovlar va kovid-markazlarning qayta ochilishi haqida

    O‘zbekistonda 28-iyundan yangi karantin cheklovlari o‘rnatilishi ortidan Toshkent shahri “qizil” hudud deb belgilandi. Poytaxtda kasallanishlar soni avvalgi oylarga nisbatan kamayayotgan bo‘lsa ham Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘sh joylar qolmay, kovid-markazlar qayta ochilmoqda. Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov bilan suhbatda poytaxtdagi umumiy epidemiologik vaziyat, kovid-markazlar ochish zarurati va yangi karantin cheklovlarining qanchalik o‘rinli ekani haqida so‘z yuritdi.

    Anvar Alimov.

    Anvar Alimov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Vahimaga o‘rin yo‘q”

    Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimovning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 mavsumiy ko‘tarilish xususiyatiga ega. Xususan, O‘zbekistonda 2020-yili koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari iyun oyi oxiri — iyul oyi boshida keskin ko‘tarilgan edi. 2021-yil yozida ham taxminan shunday manzara kuzatilmoqda.

    “Bu yil iyun oyi boshida va so‘nggi kunlarda kasallanganlar soni ko‘tarilishi kuzatildi. So‘nggi 6 oydagi epidemiologik surishtiruvlarga ko‘ra, bemorlarning 82 foizi infeksiyani koronavirusga chalingan shaxslardan yuqtirib olgan. O‘tgan yili asosan 50 va undan katta yoshdagi kishilar kasallikka chalingan bo‘lsa, bu yil nafaqat o‘rta yosh, balki chaqaloqlarda ham kasallik qayd etilmoqda”, — deydi Alimov (mutaxassisning qayd etishicha, “virusli kasalliklar ko‘tarilgan hozirgi payt”da, bir oy oldin, bolalar orasida kasallanish juda ko‘p bo‘lgan, “hozir ham isitmalovchilar juda ko‘p”).

    Shunday bo‘lsa-da, Anvar Alimov aholini vahimaga berilmaslikka chaqirmoqda. “Hech qanday vahimaga o‘rin yo‘q — zaxira o‘rinlarimiz, vaqtinchalik saqlash markazlarimiz yetarli. Respublika muassasalari — Tibbiyot akademiyasi klinikalari, Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikasi, Virusologiya instituti klinikasi ham — zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa — shay holda, kadrlari tayyor. Bu masalada hech qanday vahimaga o‘rin yo‘q”, — deydi u.

    “Ammo bir narsani yodda tutishimiz kerak — COVID-19 o‘ziga nisbatan hurmatsizlikni yoqtirmaydi. Biz uni juda behurmat qilib yubordik — jamoat joylarida ham, avtobuslarda ham, yemakxonalarda ham, ishxonalarda ham, korxonalarda ham. Bizga qo‘yilgan uchta asosiy talab (niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, gigiyena qoidalariga rioya qilish)ni to‘liq bajarishni unutib qo‘ydik. Koronavirus bizdan ketdi deb o‘yladik, lekin u bizdan ketgani yo‘q, u atrofimizda yuribdi va bizni kuzatyapti”, — dedi Alimov.

    Toshkent shahar SSBB boshlig‘ining qayd etishicha, shu kunlarda kasallikka chalingan bemorlarning aksariyati suhbat vaqtida jamoat joylarida ijtimoiy masofa saqlamagani, niqob taqmaganini tan olgan. O‘z navbatida, Anvar Alimov koronavirus ustidan g‘alaba qozonishning eng samarali usuli vaksinatsiya ekanini alohida qayd etib o‘tdi.

    “Virusli kasalliklarni yengishning eng samarali usuli — emlash. Hozirgi kunda O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining 80 foizi, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining 67 foizi, o‘rta ta’lim tizimi xodimlarining 63 foizi emlab bo‘lingani natijasida ular orasida kasallanish holatlari kamaydi. Nafaqat ular orasida, balki ular bilan muloqotda bo‘ladiganlar orasida ham kasallanish darajasini samarali darajada kamaytirishga erishdik”, — deya qayd etib o‘tdi bosh boshqarma boshlig‘i.

    Ma’lumot o‘rnida: 25-iyun kuni “Vaksinauz” kanali O‘zbekistonda xavf guruhiga kiruvchi aholining vaksinatsiya bilan qamrab olinganlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilgandi. O‘shanda tibbiyot xodimlarining 96 foizi, umumta’lim maktabi o‘qituvchilarining 61,5 foizi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining 67 foizi koronavirusga qarshi emlangani xabar qilingandi.

    Kovid-markazlar nega ikki oy avval emas, endi ochilyapti?

    Poytaxt SSBB boshlig‘ining qayd etishicha, bir oy avval Zangiotadagi ikkita yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilayotgan bemorlarning 49 foizi Toshkent shahridan, qolgan 51 foizi Toshkent viloyati va boshqa hududlardan edi. Bugungi kunga kelib, “Toshkent shahrida kasallanish ko‘rsatkichlari muayyan darajada ko‘tarilishi natijasida”, Zangiotadagi bemorlar orasida poytaxtlik bemorlar ulushi 67 foizgacha o‘sgan.

    Ayni vaqtda, SSV statistikasiga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat so‘nggi uch oy (aprel—iyun) oylarida barqarorlashgan. Jumladan, poytaxtda aprelda 5072 ta holatda koronavirus aniqlangan bo‘lsa, may oyida bundan 412 taga kam, iyun oyida esa 1104 taga kamroq holat qayd etilgan. Toshkentda ko‘rsatkichlar barqaror (yuqori) bo‘lgani bilan, boshqa hududlarda kasallanish ko‘rsatkichlari oshgan.

    Mavzuga doir: Toshkentda kovid-markazlar qayta ochilmoqda, ammo statistika bo‘yicha poytaxtdagi vaziyat ikki oy avvalgidan ko‘ra yaxshi. Eng og‘ir vaziyat Surxondaryoda, Samarqand esa ilk bor 2-o‘rinda

    Shu munosabat bilan iyul oyidan boshlab Toshkentda maxsus taqsimot markazlari (vaqtinchalik kovid-markazlar) faoliyati qaytadan tashkil etila boshlandi — ularning asosiy qismi 2020-yil oxirida, koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sokinlashgani sabab, konservatsiya qilingan edi. Anvar Alimovning qayd etishicha, uch oy avval Respublika maxsus komissiyasi ushbu markazlarning muayyan qismini qayta tayyorlash vazifasini qo‘ygan.

    “Saralash va diagnostika markazlari COVID-19’ga qarshi kurashda juda samarali ekanini ko‘rsatgan edi. Uch oy avvalgi topshiriq asosida O‘zbekiston bo‘yicha 17 ming zaxira o‘rin shakllantirilgan. Iyun oyi boshida ushbu zaxira o‘rinlarining 20 foizidan foydalanib kelinayotgan edi”, — dedi Alimov. Ayni vaqtda, SSBB boshlig‘i nima uchun poytaxtda bunday markazlar avvalroq, masalan, may oyida yoki iyun boshida ochilmaganiga izoh berdi.

    “Zangiotadagi shifoxonalarimizning may—iyun oylaridagi yuklamasiga e’tibor bersak, 4 ming o‘rinli majmuada 1600—1800 nafar atrofida bemor yotgan. Tayyor shifoxona bo‘la turib, bu yerda vaqtinchalik kovid-markazni ochsak, 700—800 bemorga mo‘ljallangan markazda 50—60 kishi yotsa, yuklama 50 foizdan kam bo‘lsa, bunday muassasa faoliyati qoniqarsiz bo‘lib qoladi. Biz kovid-markazlarni ochishdan avval barcha epidemiologik holatlarni kuzatdik, shifoxonalarga yuklamalar osha boshlagach, markazlarni qaytadan ochishni boshladik”, — dedi u.

    Ma’lumot o‘rnida: Toshkent shahar SSBB boshlig‘i Anvar Alimovning “Daryo” muxbiri bilan suhbati 2-iyul kuni bo‘lib o‘tgan, unda mutaxassis “bugungi kunda Zangiotadagi shifoxonalarda 300 ta bo‘sh o‘rin bor”ligini ta’kidlagan edi. 3-iyul kuni Zangiotadagi shifoxonalarda bo‘sh o‘rinlar qolmagani ma’lum bo‘ldi.

    Anvar Alimovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda kovid-kasalxonalarda davolash ishlari o‘rtacha 13 kundan 10 kungacha qisqargan, sog‘aygan bemorlarni reabilitatsiyadan o‘tkazish uchun Toshkentdagi 100 o‘rinli 5 ta ko‘p tarmoqli klinikada maxsus bo‘limlar ochilgan. Bundan tashqari, poytaxt tez tibbiy yordam tizimida ekspress-test o‘tkazish tartibi yo‘lga qo‘yilgan.

    “Ya’ni, chaqiruvga chaqirilgan tez yordam brigadasi, agar bemorda COVID-19’ga yaqin klinik simptomlar kuzatilayotgan bo‘lsa, uning burnidan surtma olib, ekspress ko‘rik o‘tkazadi — natijasi 5-6 daqiqada chiqadigan bunday testlar 87 foizdan 92 foizgacha to‘g‘ri, xatolik jihati juda kam. Bu ham kasallikni erta aniqlashning bir usuli”, — deydi Anvar Alimov. Mutaxassisning tushuntirishicha, agar natija musbat bo‘lsa, tez tibbiy yordam brigadasi oilaviy poliklinikaga axborot beradi. Shundan so‘ng Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi (SES)dan kelib, bemordan qo‘shimcha PZR-test oladi.

    Alimovning qo‘shimcha qilishicha, Toshkentdagi 150 o‘rinli 3-sonli tug‘ruqxonada koronavirusga chalingan homilador ayollarni davolash uchun ixtisoslashgan klinika ochilgan — hozirda ushbu klinika 60 foiz yuklama bilan ishlamoqda. “Homilador ayollarda kasallik o‘ta og‘ir kechishi, ularga vaksina va virusga qarshi birorta dorini qo‘llab bo‘lmasligi sababli, ularning to‘liq shifokor nazoratida bo‘lishini ta’minlash maqsadida 3-sonli tug‘ruqxona majmuasini shunga yo‘naltirdik”, — dedi poytaxtning bosh shifokori.

    Toshkent shahar SSBB boshlig‘i bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Toshkent shahrining o‘zida 34 ta xususiy, 9 ta tumanlararo va 4 ta respublika muassasalarida PZR-testlarni topshirish uchun sharoitlar tashkil etilgan, poytaxtda kuniga “o‘rtacha 6—7 ming nafar kontaktda bo‘lgan odamlardan PZR-testlari olinyapti”. Mutaxassisning qayd etishicha, “o‘tgan yili xuddi shu davrda PZR-testlarni o‘tkazish imkoniyatimiz bugungiga nisbatan 10 barobar kam edi”.

    Koronavirus 20:00 gacha yuqmaydimi?

    O‘zbekistonda 28-iyundan karantin cheklovlari kuchaytirilishi e’lon qilindi. Joriy etilgan cheklovlardan biri restoran, umumiy ovqatlanish obyektlari va choyxonalar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning faqat 08:00 dan 20:00 gacha ishlashiga ruxsat berildi (faqat Qashqadaryoda ular 22:00 gacha ishlashi mumkin). Ayni vaqtda, ruxsat etilgan vaqtda ushbu muassasalarning 50 foiz joyi bo‘sh turishi shart.

    Amalda yangi karantin cheklovlarining faqat shu qismi ishladi — ijtimoiy tarmoqlarda Quvadagi kabobxona xodimi 20:00 dan keyin ham kabob pishirgani uchun muassasa egasiga 12 million so‘m jarima yozilayotgani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi (shu bilan birga, shu kunlarda Toshkentda mehmon bo‘lgan Rossiyaning Comedy Club loyihasi artistlari Toshkentdagi yapon taomlari restoranlaridan birida, katta ehtimol bilan, 20:00 dan keyin tushgan suratlari ham tarqaldi — ushbu restoranga nisbatan biror chora ko‘rilgani haqida ma’lumot yo‘q).

    Ushbu cheklov, tabiiyki, restoran va boshqa turdagi yemakxonalar egalarining haqli noroziliklariga sabab bo‘lmoqda. “Bu cheklovlar stollarni osongina masofa saqlagan holda joylashtirish mumkin bo‘lgan restoranlarga taalluqli, ammo hech qanday masofa saqlanmaydigan jamoat transporti, bozorlar va boshqalarga taalluqli emas. Ya’ni, virus mutatsiyaga uchrab, 23:00 dan keyin emas, aynan 20:00 dan keyin xavfli bo‘lib qolishini tushunib yetdik. Bu virus transportda xavfli emasligi va kechki soat 20:00 gacha muloyim uxlashi qayerdandir ma’lum bo‘libdi”, — deydi restorator Sanjar Maqsudov.

    Toshkent shahar SSBB boshlig‘i Anvar Alimov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov bilan suhbatda bu qaror “odamlarning faol mehnat faoliyatini saqlagan holda, mehnatdan tashqari vaqtida kontaktini kamaytirish maqsadida” qabul qilingan va, uning fikricha, “epidemiologik jihatdan juda to‘g‘ri” qaror. Alimovning ta’kidlashicha, bu qaror bilan “odamlarning 20:00 dan keyin keraksiz kontaktda bo‘lishining oldi olinmoqda”.

    “Bir narsaga ahamiyat berish kerak. Bizda asosiy ish jarayoni soat 08:00 dan soat 17:00—18:00 gacha davom etadi — bu borada tegishli mexanizmlar joriy qilingan, kun davomida barcha (ish) joylarda karantin qoidalariga amal qilinishi kerak. Eng faol kontakt qachon bo‘ladi? Odamlar har xil tashkilot, har xil mahalla va xonadondan chiqib, kafe yoki parklarda yig‘iladi. Ish joyingiz yoki oilangizda kimningdir isitmasi chiqsa, bundan darrov xabar topasiz. Ammo restoran, parklarga kirayotganlarni hech kim nazorat qilmaydi”, — deydi u.

    Anvar Alimovning qayd etishicha, koronavirusni bemor kishidan yuqtirganlarning “eng ko‘p qismi kechqurun kafelardagi o‘tirishlar, diskotekalarda”, kontaktda bo‘lish orqali yuqtirgani aniqlangan. “Biz buni o‘rgandik. Ular karantin talablariga amal qilmagan — masofa saqlamagan, niqob taqmagan va hokazo”, — deya qo‘shimcha qildi Toshkent shahar SSBB boshlig‘i.

    Shuningdek, Anvar Alimov so‘nggi haftalarda butun O‘zbekiston bo‘ylab, xususan, Toshkent shahrida o‘tkazilgan ko‘plab tanlovlar koronavirus infeksiyasining tarqalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatganiga doir gap-so‘zlarga ham munosabat bildirdi. “Men epidemiologiyaning qonuniyatlarini shifokor sifatida bilaman, ammo epidemiolog emasman. O‘tkazilayotgan tadbirlarning muayyan qismida qatnashuvchilar oldindan tekshiruvdan o‘tyapti va tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarga koronavirus bilan kasallanganlar kiritilmayapti”, — dedi u.

    03.07.2021, 19:33   Izoh (0)   56178
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov Vashingtonda AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

    03.07.2021, 17:31

    “O‘zbekiston o‘zining birinchi atom elektrostansiyasini qurishga tayyor” — MAGATE

    03.07.2021, 16:36

    “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

    03.07.2021, 16:30

    Ozodbek Nazarbekov Xalqaro press-klubning jonli efirida koronavirusga qarshi vaksina oldi (video)

    03.07.2021, 16:11

    Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi sport majmuasida ochilgan 700 o‘rinli kovid-markazni borib ko‘rdi (video)

    03.07.2021, 15:10

    Jizzaxda 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketgan uch yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    03.07.2021, 14:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Markaziy bank may oyida 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 21:05

    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

    Reklama | 19 iyun, 21:00

    Shimoliy Koreya Xitoy tomonga o‘nlab ballistik raketa uchirdi

    Dunyo | 19 iyun, 20:50

    Shavkat Mirziyoyev “Hisorak”da 1,5 mln dollarga qurilgan kichik GESni ko‘zdan kechirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:35

    Nogironligi bo‘lganlar uchun transport moslashuvi xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:30

    “Ukraina tez orada yo‘q bo‘lib ketishi mumkin” — Ukraina parlamenti deputati

    Dunyo | 19 iyun, 20:15

    8,6 mlrd so‘mlik zarar: Xorazmda elektrdan noqonuniy foydalanayotgan korxona fosh bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:00

    Buxorodagi bog‘chada uch yoshli bola tok urishidan vafot etdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:45

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    “Xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.