Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yil 30-iyun kuni O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganib chiqdi va o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Suyakli mol go‘shti — 45 000 so‘mdan 68 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm suyakli mol go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (45 000 so‘m).

Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (xususiy tadbirkorlar rastalarida 68 000 so‘m). Shu bilan birga, mazkur bozorlarda tashkil etilgan arzonlashtirilgan rastada mol go‘shti minimal 48 000-55 000 so‘m oralig‘ida sotilmoqda.

Qo‘y go‘shti – 50 000 so‘mdan 80 000 so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi (50 000 so‘m) kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan rastalarda ro‘yxatga olingan.

Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (xususiy tadbirkorlar rastalarida 80 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, ushbu bozorda qo‘y go‘shti minimal 60 000 so‘m oralig‘ida sotilmoqda.

Kartoshka — 1 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Farg‘ona shahrining “Markaziy dehqon bozori”da tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo rastalarida sotilayotgan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (1 500 so‘m) qayd etilgan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (5 000 so‘m) qayd etildi. Ushbu bozorda arzonlashtirilgan rastada sotilayotgan kartoshkani minimal 3 000-3 500 so‘m atrofida ham xarid qilish mumkin.

Piyoz — 800 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kilogramm)

Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (800 so‘m) ro‘yxatga olindi.

Maksimal narx sifatida esa Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 500 so‘m). Shuningdek, mazkur bozorda piyozni minimal 1 300 so‘mga ham xarid qilish mumkin.

Sabzi — 4 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha (kilogramm)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”da (4 000 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, mazkur bozorda sabzini maksimal 6 000-8 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (12 000 so‘m) qayd etildi. Shu bilan birga, mazkur bozorlarda sabzini minimal 7 000-9 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Tuxum — 5 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori” va Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (5 000 so‘m).

Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (yirik saralangan tuxum 14 000 so‘m). Shuningdek, mazkur bozorlarda 10 dona mayda tuxumning minimal narxi 8 000-9 000 so‘mni tashkil etgan.

Guruch — 5 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (“Nukus-2” va boshqa mahalliy navli guruchlar 5 000 so‘m) qayd etilgan.

Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”da 18 000 so‘mdan kuzatildi (“Lazer” navli guruch). Shu bilan birga, ushbu bozorlarda guruchning minimal narxlari 6 000 so‘mni tashkil etgan.

O‘simlik yog‘i — 14 000 so‘mdan 24 000 so‘mgacha (litr)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, o‘simlik yog‘ining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 14 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlardagi xususiy tadbirkorlar rastalarida paxta yog‘ini 15 000-18 000 so‘m oralig‘ida ham xarid qilish mumkin.

Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori” hamda “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 24 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlarda kungaboqar yog‘ini minimal 15 500-19 500 so‘m oralig‘ida ham xarid qilish mumkin.

Shakar — 7 500 so‘mdan 9 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan rastalarda (7 500 so‘m) qayd etildi.

Maksimal narxi esa Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (9 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlarda shakarni minimal 7 500-8 500 so‘m oralig‘ida ham xarid qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi