Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkentda ukrainalik samolyot ishlab chiqaruvchilar va “Toshkent mexanika zavodi” (TMZ) vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida aviasozlik sohasida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi zavod matbuot xizmati.

Foto: “Toshkent mexanika zavodi” matbuot xizmati

Foto: “Toshkent mexanika zavodi” matbuot xizmati

Xususan, uchrashuv davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish istiqbollari va Ukrainaning “Antonov” davlat korxonasi hamda boshqa sanoat korxonalari bilan sanoat kooperatsiyasini tashkil etish orqali “Toshkent mexanika zavodi” negizida zamonaviy samolyotlar uchun ehtiyot qismlar va uzellar ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Muzokaralardan so‘ng, ukrainalik mehmonlar “Toshkent mexanika zavodi” AJning ishlab chiqarish maydonchasiga tashrif buyurib, TMZ rahbariyatining ilgari faoliyat ko‘rsatgan samolyotsozlik zavodining noyob ishlab chiqarish imkoniyatlarini saqlab qolish borasidagi sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etgan.

Foto: “Toshkent mexanika zavodi” matbuot xizmati

Foto: “Toshkent mexanika zavodi” matbuot xizmati

Tomonlar “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha va “Antonov” davlat korxonasi buyurtmasiga binoan Toshkent zavodining texnologik salohiyatini hamda samolyot qismlari va uzellarini ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini batafsil o‘rganuvchi mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzishga kelishib olgan.

Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya samolyotsozlik sohasidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi