Daryo

Toshkentdagi sobiq “TAPOiCh” hududida yong‘in yuz berdi

Zavod hududida sanoat chiqindilari yonib ketdi

1 daqiqa o‘qish45 240 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mexanika zavodi (sobiq “TAPOiCh”) hududida 26-aprel kuni chiqindilar yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Zavod hududida sanoat chiqindilari yonayotgani to‘g‘risidagi xabar  Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik qismiga soat 16:32 da kelib tushgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Yong‘in oqibatida 60 kvadrat metrga zarar yetgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yong‘in bir necha daqiqalarda bartaraf etilgan. Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘q.

Avvalroq Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani, Sergelidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonada yirik yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar