Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda uch oy oldin (1-aprel kuni) koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlangan edi. SSV shu uch oy davomida qancha odam to‘liq emlangani haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 30-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3 680 361 doza vaksina qo‘llanilgan. Bu shuncha kishi emlandi, degani emas. Bu dozalar vaksinatsiyaning to‘liq bosqichlarida qo‘llanilgan miqdorni bildiradi. To‘liq emlanish uchun har bir kishi 2 yoki 3 bosqichda emlanishi kerak.

Uch oy davomida 685 564 nafar fuqaro to‘liq bosqichda emlandi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34 mln 695 ming 553 kishini tashkil etadi.

“Gazeta.uz”ning ma’lum qilinishicha, ushbu ma’lumot asosida hisoblansa koronavirusga qarshi emlanganlar aholining umumiy sonidan 1,98 foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari, birinchi bosqichda emlanganlar aholining 6,5 foizini (2 million 256 mingdan ortiq), ikkinchi bosqichda emlanganlar esa 3,61 foizini (1 million 252 mingdan ortiq) tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar Isroilda 55,41 foiz, AQShda 46,52 foiz, Turkiyada 17,73 foiz, Buyuk Britaniyada 48,17 foiz, Rossiyada 11,87 foiz, Qozog‘istonda 10,53 aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

Eslatib o‘tamiz, vaksinatsiya jarayonlari ixtiyoriylik asosida olib borilmoqda. Emlanish istagini bildirgan fuqarolar tegishli ko‘riklardan o‘tkazilgach, vaksinatsiya jarayonlariga jalb etiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7,4 million dozaga yetgan. Toshkentda 28-iyundan 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlam koronavirus infeksiyasiga qarshi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi