• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Quruq safsatadan boshqa narsa emas”. Nurmat Otabekov vaksinalarning zararli ekani to‘g‘risidagi mish-mishlar haqida

    Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga olib kelinayotgan koronavirusga qarshi vaksinalar inson organizmi uchun zararli ekani, ayniqsa, Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksina juda xavfliligi to‘g‘risida turli asossiz xabarlar tarqaldi. Bu esa odamlar orasida turli tushunmovchiliklarga sabab bo‘ldi.

    Mazkur holat yuzasidan SSV matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekovga murojaat qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “‘COVID-19 infeksiyasiga qarshi samarali kurashish, ushbu xavfli xastalikdan xalos bo‘lish bugun insoniyat kun tartibidagi eng muhim masala bo‘lib qolmoqda.

    Aytish lozimki, mana shunday og‘ir va murakkab davrda dunyo olimlari tomonidan koronavirusga qarshi yaratilayotgan vaksinalar ushbu kasallikning oldini olish va pandemiyani to‘xtatish uchun barchamizga katta umid va ishonch bag‘ishlamoqda.

    Biroq, afsuski, aksariyat mamlakatlar qatori O‘zbekistonda ham aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari boshlangach, ijtimoiy tarmoqlar hamda aholi orasida turli asossiz va hech qanday mantiq va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan mish-mish va yolg‘on xabarlar tarqalishi avj oldi.

    Ayniqsa, O‘zbekistondagi emlash tadbirlarida mutlaqo ishtirok etmagan va mamlakatimizga olib kelingan vaksinalar haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan ayrim yurtdoshlarimizning chet elda turib, xalqimiz orasida vaksinaga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otishi, uning tarkibi, inson organizmiga ta’sirlari haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatishi achinarli, albatta.

    Aslida bunday odamlarning vaksinalarni zararli deyishiga hech qanday asosli fikri yo‘q va ularning gap-so‘zlari quruq safsatadan boshqa narsa emas. Boisi, ular ushbu vaksinalarni ishlab chiqarish va sinov jarayonlarida, qolaversa, yurtimizdagi emlash tadbirlarida ishtirok etmagan.

    Vaholanki mutaxassis, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining 3 dozasi bilan emlangan fuqaro sifatida aytishim mumkinki, yurtimizga olib kelinayotgan barcha vaksinalar qatorida ushbu vositaning ham sifati va samaradorligi mutaxassislar tomonidan to‘liq isbotlangan.

    Qolaversa, sog‘lom fikr bilan o‘ylasak, bugun vaksinadan boshqa ushbu kasallikni yenga oladigan birorta ham samarali vosita ko‘rinmayapti. Ya’ni kasallarni ro‘yxatga olish, bemorlarni shifoxonalarga yotqizish va davolash bilangina bu xastalikni yenga olmaymiz. COVID-19 infeksiyasining oldini olish uchun esa jamoaviy immunitet kerak. Jamoaviy immunitet faqat ikki yo‘l – ommaviy kasallanish va emlanish bilangina shakllanadi.

    Biroq birinchi yo‘l – ommaviy kasallanish naqadar xavfli yo‘l ekaniga o‘tgan bir yildan ortiq vaqt davomida barchamiz guvoh bo‘ldik. Shunday ekan, yagona yo‘l – emlash orqali mustahkam immun qo‘rg‘onini shakllantirishimiz kerak.

    Aholining 60–70 foizida immunitet bo‘lmas ekan jamoaviy immunitetni, bu orqali barqaror epidemiologik vaziyatni ta’minlay olmaymiz.

    Ma’lumki, bugun dunyodagi sanoqli mamlakatlar qatori O‘zbekistonda ham 18 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarni COVID-19’ga qarshi ommaviy emlash uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Ayni paytga qadar mamlakatimizga 7,4 million doza vaksina olib kelindi.

    Shunday ekan, bu kabi asossiz xabarlarga ishonmasligimiz, aksincha barchamiz davlat tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz lozim. Zero bu o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligi uchun juda muhim”, – deydi Nurmat Otabekov.

    Mavzuga doir: Video: Toshkent ko‘chalarida aholini vaksina olishga chorlayotgan PPX mashinasi

    Eslatib o‘tamiz, 29-iyun va 30-iyun kunlari O‘zbekistonga jami 2 million doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi. Shuningdek, O‘zbekistonga Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina kelishi kutilmoqda.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 2 mln kishidan oshdi.

    30.06.2021, 19:27   Izoh (0)   41552
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda 14 yoshli qizni zo‘rlab kelgan cho‘pon 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    30.06.2021, 19:11

    “Daryo” muxbirlari Musulmonbek Ibrohimov va Mirolim Isajonov “Tahsin” mukofotini qo‘lga kiritdi

    30.06.2021, 18:09

    Qashqadaryoda Nexia-3 urib yuborishi oqibatida velosiped mingan bobo va nabira vafot etdi

    30.06.2021, 17:40

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    30.06.2021, 17:10

    “Maoshining yarmini bir yil to‘plasa, mashina olishi mumkin”. O‘zbekistonlik sudyalarning eng kam maoshi necha mln so‘mdan boshlanishi ma’lum qilindi

    30.06.2021, 16:56

    Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Inklyuziv marafon-sayl” o‘tkazildi

    30.06.2021, 16:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.