• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi

    Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni Botanika bog‘ida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mintaqamiz va dunyodagi vaziyat tobora keskinlashib bormoqda. O‘zbekistonning milliy xavfsizligi, tinch va osoyishta hayotimizga nisbatan tahdid va xatarlar kuchaymoqda.

    “Mana, o‘zingiz televideniye, ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘ryapsiz, qo‘shni Afg‘onistondagi ahvol murakkablashib bormoqda. Bunday vaziyat Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini yuksaltirish borasidagi ishlarni, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bilan uyg‘un holda olib borishni talab etmoqda. Shu bois hushyorlik va ogohlikni oshirish, o‘zaro hamjihatlik va birdamligimizni mustahkamlash, har qanday tahdidlarga munosib javob berishga tayyor bo‘lib yashash hayotning o‘tkir zaruratiga aylanmoqda”, — degan Prezident.

    Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, yosh avlodning ongini salbiy ta’sirlardan himoya qilish, adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish o‘zini vatanparvar deb hisoblaydigan har bir O‘zbekiston fuqarosi, ayniqsa, yoshlarning asosiy burchi bo‘lib qolishi shart.

    “Hozirgi vaqtda milliy armiyamiz, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, chegara qo‘shinlarida xizmat qilayotgan harbiylarimiz chinakam Vatan o‘g‘lonlari, jasur ajdodlarimizning munosib davomchilari ekanini amalda isbotlamoqda. Ular xalqaro harbiy musobaqalarda, jahon sport maydonlarida Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotganlarini barchamiz yaxshi bilamiz”, — degan davlat rahbari.

    Prezident yoshlar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning muammolarini o‘rganib, hal qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sportga jalb etish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratish zarurligini ta’kidlagan.

    “Shu maqsadda Mudofaa vazirligi huzurida ‘Vatan o‘g‘loni’ bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini tashkil etish haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman. Harakatning har bir maktabda tuziladigan otryadlari jami 200 mingdan ortiq o‘quvchilarni qamrab olib, ularni tarbiyalashda asosiy kuchga aylanishi kerak”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

    Qayd etilishicha, Mudofaa va Xalq ta’limi vazirliklari viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga ushbu tizimni samarali yo‘lga qo‘yishga mas’ul bo‘ladi.

    Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Afg‘oniston shimolida hukumat qo‘shinlari va “Tolibon” harakati o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar davom etmoqda. Ushbu mamlakatda bo‘layotgan voqealar bo‘yicha shu yilning 24-iyun kuni Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston davlati va hukumatining rasmiy pozitsiyasini e’lon qildi.

    23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar O‘zbekiston hududiga qochib o‘tdi. Zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng, ular vataniga qaytarildi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Afg‘onlar O‘zbekiston hududiga bundan keyin ham yana bir necha bor qochib o‘tganini ma’lum qildi.

    23-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon telefon orqali suhbatlashib, Afg‘onistonning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida, ikki mamlakatning Afg‘oniston bilan davlat chegarasi o‘tadigan hududlari bo‘ylab vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatni juda keskin deb baholadi. Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham telefon orqali muloqot qilib, Afg‘oniston chegaraoldi hududlaridagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildi.

    Mavzuga doir: 

    • Afg‘oniston O‘zbekiston rahbariyatining afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi
    • Abdulaziz Komilov “Tolibon” nima xohlayotganini ma’lum qildi

    01.07.2021, 21:04   Izoh (0)   70856
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yarim yilda davlatning salkam 500 ta mulki 1,1 trln so‘mga sotildi

    01.07.2021, 20:41

    Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lining bir qismi 1-iyul kuni tunda vaqtincha yopiladi

    01.07.2021, 20:26

    Samarqandda tuyaqushlarning avtomobil yo‘lida yugurib yurgani aks etgan videoga izoh berildi

    01.07.2021, 19:40

    “O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan barcha vaksinalar ‘hindcha’ shtammga qarshi samarali” — virusolog Dildora Sekler

    01.07.2021, 19:25

    Qashqadaryodagi zavodda sodir bo‘lgan yong‘inda 5 kishi emas, 2 kishi jarohatlangan. Bir nafar shaxs vafot etgani tasdiqlandi

    01.07.2021, 19:10

    Qamchiq dovonida “benzovoz” yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

    01.07.2021, 18:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.