• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yig‘latadigan kitob”, millatchilik ruhi saqlanib qolgan vengerlar va voz kechilgan grantlar. Budapeshtda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik Shirinoy Ro‘zimatova hikoyasi

    “Daryo” “Xorijdagi o‘zbekistonliklar” loyihasi doirasida xorijda o‘qiyotgan, mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimizning hayotini yoritishda davom etadi. Loyihaning bu galgi qahramoni — Vengriyadagi Business School’da magistaraturada tahsil olayotgan Shirinoy Ro‘zimatova.

    Shirinoy Ro‘zimatova 26 yoshda. Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 2019-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Ingliz, rus va nemis tillarini biladi.

    Ayni paytda Budapesht Biznes maktabining Xalqaro iqtisodiyot va biznes yo‘nalishida tahsil olmoqda.

    Bolaligim boshqa bolalar kabi o‘tmagan

    Muvaffaqiyatli insonlarga ko‘pchilik havas qiladi. Ammo ular shu kunga qadar qancha qiyinchiliklarni, mashaqqatli kunlarni yengib o‘tgani faqat o‘ziga va yaqinlariga ayondir.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Bolaligim boshqa bolalar kabi o‘tmagan. Oilaviy an’anamizga ko‘ra, har bir farzand biror-bir cholg‘u asbobini chala olishi, sport bilan shug‘ullanishi va kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilishi kerak edi. Shuning uchun ota-onam akam ikkimizning bir daqiqa vaqtimizni ham behuda o‘tkazishga yo‘l qo‘ymagan. Onam bizni doim har xil to‘garaklarga: musiqa maktabi, sport va undan ham vaqtimiz ortib qolsa, rassomchilikka olib borardi.

    Birinchi ingliz tili o‘qituvchimiz ham onam bo‘lgan. Ingliz tilini o‘rgatish uchun o‘zlari ham til o‘rganganlar. Yosh edik. Dars qilish yoqmasdi. Mashqlarni bajarolmasdan yig‘lab o‘tirgan paytlarimiz ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ingliz tili kitobini (Valentina Skultening “Angliyskiy yazik dlya detey” kitobi) “yig‘latadigan kitob” deb atardik. Ba’zida dars qilishdan qochib, uni yashirib qo‘yardik. Ammo onam kitobni topib, bizni majburlab bo‘lsa ham, o‘qitardi.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    O‘zimga nisbatan ishonchim baland bo‘lmagan

    Bolalikdan xorijiy tillarni yaxshi bilganim bois chetda tahsil olishni orzu qilardim. Biroq ochig‘ini aytsam, o‘zimga nisbatan ishonchim baland emasligi uchun chetga ketgani qo‘rqqanman.

    Litseyni bitirib, “Diplomatiya”ga hujjatlarimni topshirganman va shartnoma asosida qabul qilinganman.

    O‘qish davomida chetda o‘qiyotgan talabalar bilan suhbatlashib, istagim yana kuchaygan.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Bundan tashqari, 2019-yilda ISWI (talabalar haftaligi)ga full scholarship yutib, Germaniyaga borganman. Dasturda qatnashishim, qolaversa, Germaniyaga tashrifim mening hayotimda katta burilish yasagan. Shundan keyin Yevropada o‘qishimga yo‘l ochilgan. Magistraturani, albatta, xorijda o‘qiyman deb oldimga maqsad qilib qo‘yganman.

    Nima uchun aynan Vengriya?

    Uchinchi bosqichligimdan astoydil harakatimni boshladim. Dastlab “Grantlar.uz” va Facebook’dagi turli sahifalardan xorijdagi universitetlar va grantlar haqida ma’lumot to‘pladim. Qolaversa, chetda o‘qiyotgan yurtdoshlarimizdan kirish jarayonlari, o‘qish va yashash sharoitlari haqida maslahat oldim.

    Menga ma’qul kelgan universitetlarning aksariyati Yevropaning turli davlatlarida joylashgan edi. Yashash xarajatlari pastligi va xavfsizligi sabab Vengriyani tanladim. 2020-yil yanvar oyida Stipendium Hungaricum grantiga hujjatlarni topshirdim.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Har yili 5000 dan ortiq yoshlar Hungaricum scholarship’ini yutib oladi

    Stipendium Hungaricum bu Vengriya hukumati tomonidan beriladigan scholarship hisoblanadi. Grant dasturi 2013-yildan buyon har yili 80 davlatdan 5000 dan ortiq bakalavr, magistr va doktorantlar uchun beriladi. Scholarship’ning afzalliklari juda ko‘p. Masalan, dastur deyarli barcha xarajatlarimni qoplab bergani uchun men moliyaviy tarafdan xavotir olmay, bor e’tiborimni o‘qishga qarataman.

    Yana bir qulay tarafi — hujjat topshirayotib, siz o‘qishni istagan universitetlaringizni (maksimum 2 ta) ko‘rsatib o‘tasiz. Dastlabki bosqichda sizning hujjatlaringiz ma’qul kelsa, ular avtomatik tarzda siz tanlagan universitetlarga ko‘rib chiqish uchun jo‘natiladi. Ya’ni grantga alohida va tanlagan universitetingizga alohida hujjat topshirishingiz shart emas.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Men JIDUda xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetida o‘qiganim uchun magistraturada ham xuddi shu yo‘nalishda tahsil olishni istadim. Shuning uchun Budapest Business School va Corvinus University’ni ko‘rsatdim.

    Ikkala universitetga ham kirish imtihonlari aprel oyida ikki bosqichda — yozma va intervyu tarzida bo‘lib o‘tgan. May oyida esa barcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, ikkala universitetga ham qabul qilinganlik xatini oldim.

    Oxirgi bosqich Stipendium Hungaricum’ning yakuniy natijasini kutish qolgan edi. Chunki siz tanlagan universitetlaringizga qabul qilinsangiz-da, bu siz o‘sha grantni qo‘lga kiritdingiz degani emas edi.

    Xullas, iyul oyining boshida oxirgi natija e’lon qilindi va men Stipendium Hungaricum’ning 2020-yilgi sohibasiga aylandim. Hamda o‘sha yiliyoq Budapeshtga uchib keldim.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Vengriyada o‘zbeklar men o‘ylagandan ancha ko‘p ekan

    Yangi muhitga ko‘nikib ketishim qiyin bo‘lmagan. Nazarimda, bu yerda yashash hech kimga juda katta qiyinchilik tug‘dirmasa kerak. Chunki Vengriyadagi hayot O‘zbekiston bilan deyarli o‘xshash. Narx-navolari, hatto ayrim taomlari ham biznikiga o‘xshab ketadi.

    Aksariyat vengriyaliklar xalqimiz kabi mehribon, begonalardan yordamini ayamaydi. Har nening bir kamchiligi bo‘lgani kabi vengerlarning ham yomon odatlari yo‘q emas. Eng jahlimni chiqargani — xalqi orasida millatchilik ruhi saqlanib qolgan. Masalan, bank yoki biror idoraga borib, navbatda tursangiz, sizdan keyingi vengerga oldinroq xizmat ko‘rsatilishi mumkin.

    Garchi bu yerdagi yashash sharoitlari yaxshi bo‘lsa-da, baribir odamni vatan, yaqinlar sog‘inchi qiynaydi. Shuning uchun ham mamlakatga kelganimdan keyin birinchi qilgan ishim o‘z vatandoshlarimizni topish bo‘lgan.

    Vengriyada o‘zbeklar men o‘ylagandan ancha ko‘p ekan. Aksariyati oilasi bilan ko‘chib kelgan. Ayollar farzandini tarbiyalab, uyda o‘tirishadi. Ularning turmush o‘rtoqlari esa kompaniyalarda ishlaydi, biznes bilan shug‘ullanadi.

    Hozirda ko‘p yurtdoshlarimiz bilan tanishman. Ular bilan vaqti-vaqti bilan to‘planamiz. Bayramlarimizni birgalikda nishonlaymiz.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Kvartira, yeb-ichish va qo‘shimcha xarajatlarga stipendiyam yetmaydi

    Scholarship o‘qishimning kontraktini 100 foiz qoplaydi. Qo‘shimchasiga tibbiy sug‘urta va har oy 300 yevro stipendiya bilan ta’minlaydi.

    Turar joyga keladigan bo‘lsam, grant shartiga ko‘ra, agar ular taklif qilgan yotoqxonada yashasam, har oy 200 yevro atrofida stipendiya beradi. Yoki kvartirada yashashni istasam, 300 yevrodan sal ko‘proq pul beradi, lekin ijara haqini o‘zim to‘layman.

    Men COVID-19 tufayli xavfsizlik uchun ijarada yashashni ma’qul ko‘rdim. Uydagilarim ham shuni tayinlashdi. Sababi yotoqxonada virus tez yuqadi. Bundan tashqari, agar kimdadir kasallik aniqlansa, 14 kun karantinga olib qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun boriboq uy topdim.

    Kvartiramiz shahar markazida joylashgan. Narxi sharoitiga yarasha. Uy juda zo‘r bo‘lmasa ham, 3 xonali uyda to‘rt qiz turamiz. Ochig‘ini aytsam, kvartira, yeb-ichish va qo‘shimcha xarajatlarga stipendiyam yetmaydi. Shuning uchun uydagilardan qo‘shimcha pul olib turaman.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Mamlakatdagi ta’lim tizimi haqida

    COVID-19 tufayli o‘quv yili boshida universitet ma’muriyati bizga onlayn yoki oflayn o‘qishni tanlash imkonini berdi. Bilasiz, bu ikkisining orasida katta farq bor. Men oflayn o‘qib, ko‘proq bilimga ega bo‘laman deb o‘ylagandim. Bu qarorimni oila a’zolarim ham ma’qullab, Budapeshtga kelishimga ruxsat berishgandi. Ammo Yevropada vaziyat ancha yomonlashib, 2020-yil noyabrida Vengriya hukumati barcha ta’lim muassasalarini masofaviy ta’limga o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi. Aksariyat talabalar o‘z mamlakatlariga qaytib ketdi. Biroq men ustimda ko‘proq ishlash maqsadida shu yerda qoldim.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Vengriyaning ta’lim tizimi haqida gapiradigan bo‘lsam, darslarimiz nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliy darslarga asoslangan. O‘qish davomida Yevropadagi turli yirik kompaniyalarni tahlil qilish, vaqti kelsa, uning xodimlari bilan mitinglar tashkil etish imkoniyati bor.

    Afsuski, hozir yuqorida aytganimdek, COVID-19 sababli barcha uchrashuvlarni onlayn o‘tkazyapmiz. Qolaversa, oxirgi paytlarda garchi ko‘p grantlarni yutib olgan bo‘lsam-da, pandemiya tufayli borolmadim. Aniqrog‘i, voz kechishimga to‘g‘ri keldi.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Pandemiya sabab chet ellik talabalarning ishlashi qiyinlashgan

    Mamlakatda talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida cheklangan vaqt davomida ishlashiga ruxsat berilgan. Vengriyada, umuman, Yevropada ko‘plab yirik kompaniyalarda amaliyot o‘tash (internship) imkoniyati bor. Bunda talabalar nafaqat bilimlarini mustahkamlab, balki pul ishlashlari ham mumkin. Biroq hozirgi paytda chet ellik talabalar uchun ishlash imkoniyati qiyinlashgan.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Xorijda o‘qishning yaxshi va yomon tomonlari haqida 

    Chetda yashashning yaxshi tomoni — odam mustaqil yashashga, har bir kuni uchun qarorlar qabul qilishga, muammolarini o‘zi yechishga o‘rganadi.

    Yana bir qulay tomoni, atrofida chalg‘ituvchi omillar kam bo‘ladi. Asosiy vaqt faqat o‘zi uchun, o‘z ustida ishlashga, o‘qishga ketadi. To‘g‘ri, ota-onam o‘qishim uchun yetarlicha sharoit yaratib bergan. Biroq uy yumushlari bo‘lsa, ota-onangizning oldida kunbo‘yi dars qilib o‘tirolmaysiz. Bundan tashqari dugonalaringiz ko‘rishishga chaqiradi. Yana qarindosh-urug‘lar degandek... To‘g‘ri, bularni yomon demayman. Ammo bunday holatlar odamni o‘qishdan chalg‘itadi.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Xorijda o‘qishning yomon tomoni esa, shaxsan o‘zimdan misol, karantin tufayli ko‘plab o‘zbekistonlik talabalar qaytib ketgan. Muloqot qilishga nafaqat yurtdoshlarimiz, balki boshqa talabalar ham bo‘lmagan. Qish edi, faqat nimadir sotib olish uchungina do‘konga chiqardim. O‘sha paytlari ota-onamdan uzoqligim uchun juda qiynalganman.

    Qanday qilib grant yutish mumkin?

    Siz Stipendium Hungaricum bilan Vengriyadagi istagan oliygohingizga topshirolmaysiz. To‘g‘ri, topshirsangiz bo‘ladi, lekin grant yashash yoki o‘qishingizga yordam bermasligi mumkin. Shuning uchun faqat scholarship doirasidagi universitetlarni tanlaysiz.

    Men hujjatlarimni topshirayotganimda ro‘yxatda 30 ta OTM bor edi. Yana bir muhim gap: ajratilayotgan grant kvota va yo‘nalishlar siz yashayotgan mamlakat bilan aloqalariga qarab o‘zgaradi. Ya’ni hududga qarab stipendiya yo‘nalishlari belgilanadi.

    Misol uchun, men bu grantga topshirayotgan paytimda iqtisodga oid yo‘nalishlar ko‘p edi. 2021-yilda aksincha, O‘zbekiston uchun IT, muhandislik va qishloq xo‘jaligiga ko‘proq kvotalar berilgan.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatovaning shaxsiy arxividan

    Yuqorida aytganimdek, scholarship vizadan tortib, sug‘urtagacha qoplab beradi. Scholarship yutmagan o‘zbekistonlik tanishlarim har semestrda sug‘urta uchun 200 dollar to‘laydi. Bakalavr va magistraturada o‘qiyotganlar uchun beriladigan grant narxi bir xil. Lekin PHD’da o‘qiyotganlarning aksari oilali bo‘lgani uchun ko‘proq pul to‘lanadi.

    Grantlar portaliga kirsangiz, u yerda tanlov uchun kerakli barcha hujjatlar ro‘yxati bor. Har bir dastur kabi Stipendium Hungaricum’ga topshirish uchun motivatsion xat, CV, tibbiy ma’lumotnoma va olgan sertifikatlaringiz kerak bo‘ladi.

    Shuningdek, o‘qish paytida erishgan yutuqlaringiz va qilayotgan ishlaringiz ham muhim ahamiyatga ega. Men ham o‘qish paytida bir necha joylarda amaliyot o‘taganman. Misol uchun, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida ishlab, tavsiyanoma olganman. Uni hujjatlarim bilan birga joylashtirganman. Bular ham grantni yutishimga katta yordam bergan.

    Budapeshtda o‘qishni istagan yoshlarga maslahatim — kelishdan oldin, albatta, venger tilini bilish kerak. Chunki o‘zim ko‘p guvohi bo‘ldim, vengerlar o‘z ona tiliga juda sodiq. Bilmasa, kundalik hayotda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatova arxividan

    Foto: Shirinoy Ro‘zimatova arxividan

    Oilam haqida

    Yuqorida aytganimdek, meni salmoqli natijalarga yetishishimda ota-onamning yordamlari juda ham katta. Dadam o‘z biznesiga ega, onam esa Farg‘ona politexnika institutida faoliyat yuritadi. Akam va ukam dadam kabi dasturlash sohasida ishlaydi. Singlim esa maktabda o‘qiydi.

    Rejalarimga kelsak, hozir ishga kirish harakatida yuribman. Ammo pandemiya sabab ko‘plab rejalarimni keyinga qoldirishga to‘g‘ri kelmoqda. Eng asosiy maqsadlarimdan biri esa o‘qishimni muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekistonga qaytish hamda o‘z sohamda eng yaxshisi bo‘lish.

    Mavzuga doir:

    • “Oyligimning 10 dan bir qismiga 30 kun yaxshi yashasam bo‘ladi”. Kuvaytdagi nufuzli kompaniyada ishlayotgan farg‘onalik Murodali Qurbonov hikoyasi
    • “Grant yutish uchun Eynshteyn bo‘lish shart emas”. 100 ming dollar grant yutib, Yevropaning 3 universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba hikoyasi
    • “Ta’lim tizimidagi adolatsizliklar sabab O‘zbekistondan ketganman”. Hindistonda yashayotgan va Bollivudda rol o‘ynagan qashqadaryolik yigit hikoyasi
    • “Chet elda faqat boylarning bolasi o‘qiydi deyishardi”. Yevropaning yarmini kezgan va Polshada dasturchilikka o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talaba hikoyasi
    • Hayotimizni yaxshilash uchun Portugaliyaga kelganmiz». Portugaliyada o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan o‘zbekistonlik ayol hikoyasi
    • “Bir yilda o‘rtacha 15 daqiqa elektr o‘chishi mumkin”. Daniyada yashayotgan o‘zbekistonlik ayol bilan suhbat
    • Google’da ishlayotgan o‘zbek yigiti nima uchun O‘zbekistonga qaytmoqchi emas?

    29.06.2021, 13:56   Izoh (0)   115263
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.