Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqaga o‘zbekistonlik sportchilarni tayyorlash uchun keng sharoit yaratilgan edi. Yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzlab o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bugungi kungacha o‘zbekistonlik sportchilar yozgi Olimpiya o‘yinlariga 41 ta, Paralimpiya o‘yinlariga 16 ta yo‘llanma olgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Taqdimotda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik darajasi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi. May–iyul oylaridagi musobaqalarda yana yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish uchun sportchilar va ularning jamoasini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi. Sportchilarga xizmatlarni kuchaytirish, ularni har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Federatsiyalar faoliyatini takomillashtirib, jalb qilingan malakali sport menejerlari bilan birga olimpiadachilarning jismoniy, tibbiy va psixologik holatini yaxshilash uchun har bir sport turi bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Tokio—2020 Olimpiadasi 2021-yilning 23-iyulidan 8-avgustga qadar o‘tkaziladi. Avvalroq yozgi o‘yinlarga chet ellik muxlislar tashrifi bekor qilingani xabar qilingandi. Katta ehtimol bilan musobaqalar tomoshabinlarsiz va qat’iy karantin qoidalari asosida o‘tkaziladi.

Bundan avval Tokio—2020 Olimpiadasiga boradigan o‘zbekistonlik sportchilar koronavirusga qarshi emlanishi, Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik bokschi va qilichbozlarga 100 mln so‘mdan mukofot pullari topshirilgani hamda Ravshan Ermatov Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi