• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Rasmiy maqomi yo‘q kamar bilan ringga chiqqan Shohjahon, tizzalashni istamayotgan Yevro qatnashchilari, yulduzlarga to‘la UFC 263. Eng so‘nggi sport xabarlari dayjesti

    Dunyo va o‘zbek sportiga oid 12-iyunning muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

    O‘zbekiston

    Boks

    Rasmiy maqomga ega bo‘lmagan kamar bilan ringga chiqqan Shohjahon Ergashev

    Toshkentdagi shouda Shohjahon Ergashev ringga WBA International kamari bilan chiqib kelgan. Olamsport’ga ko‘ra bu kamar rasmiy maqomda emas. Ergashev bu kamarni 2018-yil 28-avgustida Jimin Vangga qarshi jangda qo‘lga kiritgan. Biroq 3 oydan ortiq vaqt davomida kamar uchun himoya jangi o‘tkazmaganligi tufayli 2019-yilning yanvar oyida kamar vakant qoldirilgan. Kamar nusxasi Ergashevda saqlanib qolgan.

    Ayni paytda WBA International kamari Shahram G‘iyosovga tegishli. Shahram ushbu titulni amerikalik Emmanuel Teylor bilan jangda qo‘lga kiritgan.

    Undan tashqari ushbu jang Salimu Jengoga tegishli bo‘lgan EBP kamari uchun ham bo‘lmagan. Insayder Jalol Ahmedovga ko‘ra bunga Salita Promotions bilan sud jarayonlari atrofidagi muammolar sabab qilib ko‘rsatilgan.

    Ergashev Toshkentda o‘tgan shoudan keyin hakamlar qaroridan norozi ekanini Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

    Dzyudo

    Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yakkalik bahslarida o‘z ishtirokini yakunladi. Avvalroq kumush medalni qo‘lga kiritgan Davlat Bobonov O‘zbekistoning ushbu musobaqadagi yagona sovrindori bo‘lib qoldi.

    Futbol

    JCh—2022 saralashi doirasida kechgan Yaman—O‘zbekiston o‘yinidan keyin har ikki tomon murabbiylari roziligi bilan matbuot anjumani bekor qilindi. Biroq Abramov O‘FA matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi. Mutaxassisning fikricha, musobaqada hech kimga oson bo‘lmayapti. Abramov Yamanga qarshi bahsda oson g‘alaba kutmagani va Saudiya ham Singapurni yutishga qiynalgani haqida fikr bildirdi (batafsil).

    O‘zbekiston ayollar terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Eronni 5:0 hisobida taslim etdi. CAFA musobaqasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi qizlari esa Qirg‘iziston ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (3:1).

    Jahon

    Futbol

    Black Lives Matter’ni qo‘llab-quvvatlashni istamayotgan Yevro ishtirokchilari

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    Yevro—2020 ning ko‘plab qatnashchilar o‘yindan avval o‘tkaziladigan maxsus aksiyada ishtirok etishdan bosh tortmoqda. Vengiyaning ortidan Shotlandiya, Xorvatiya va  Niderlandiya terma jamoalari maydonda tizzalab o‘tirmasligini ma’lum qildi. Vengriya bosh vazirini buni chiroyli tushuntirdi: “Vengerlar faqat uch holatda tiz cho‘kadi: xudo oldida, vatan oldida va qaylig‘ini qo‘lini so‘rayotganda”.

    Veynaldumni “PSJ”ga boy berib qo‘ygan “Barselona” Memfis Depayni ham qo‘ldan chiqarib yubormaslik harakatida

    Katalonlar “Lion”ni erkin agent maqomida tark etgan Depay bilan muzokaralarni olib bormoqda. Diario Sport’ning xabar qilishicha, “Barsa” 27 yoshli futbolchiga “2+1” ko‘rinishidagi yaxshilangan shartnoma taklif qilmoqda. Avvalroq “Liverpul” sobiq vakili Jorjinyo Veynaldum katalon klubi bilan og‘zaki kelishuvi bo‘la turib, foydaliroq taklif bilan chiqqan “PSJ”ga o‘tib ketgandi.

    Shuningdek, “Barselona” “Inter” hujumchisi Lautaro Martines transferi ustida ham ishlamoqda. “Ko‘k-anorranglilar” kelishuvga “Betis”dan qaytgan Emerson Aparesidoni qo‘shmoqchi. Milanliklar unga yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi kutilayotgan Ashraf Hakimining o‘rinbosari sifatida qaramoqda.

    “Milan” Ibrahimovichga sherik va o‘rinbosar qidiryapti

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Milan” yangi mavsum oldidan o‘z safida markaziy hujumchi bilan kuchaytirmoqchi. “Chelsi” forvardi Olivye Jiru bilan muzokara olib borayotgan milanliklar Zlatanning jarohati sabab, yana bir hujumchi olib kelish haqida o‘ylamoqda. “Milan” short-listidan “PSJ” vakili Mauro Ikardi va “Zenit” futbolchisi Sardor Azmun bor, deya xabar qilmoqda La Gazzetta dello Sport.

    “Manchester Yunayted” “Borussiya D” bilan savdolashmoqda

    Mankunianlar Jeydon Sancho transferiga yana qaytdi. Inglizlar Sancho uchun 75 million funt (87 mln yevro) taklif qilmoqda. Nemislar esa 87 mln funt (100 mln yevro) xohlamoqda. 2020/21-yilgi mavsum yakunlanishi arafasida muxlislarning jiddiy e’tirozi va tahdidlariga duch kelgan Gleyzerlar katta ehtimol bilan bu yozda katta xaridlarga qo‘l uradi.

    UFC

    Yakshanba tongida yulduzlar ishtirokidagi janglarga to‘lgan UFC musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Foto: UFC

    Foto: UFC

    Toshkent vaqti bilan 13-iyun tongida AQShda UFC 263 oqshomi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy jangi o‘rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya va Marvin Vettori o‘rtasida kechadi. Mutlaq yengil vazn chempionligi uchun kechadigan Deyvison Figeredo — Brendon Moreno revansh jangi ham qiziqarli o‘tishi tayin. Shuningdek, bu musobaqada Neyt Diaz va Demian Mayya kabi yulduzlar oktagonga qaytadi.

    UFC 263 musobaqasidagi janglar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

    Maxachevning navbatdagi jangi tasdiqlandi

    Yengil vazn toifasida harakat qilayotgan Islom Maxachevning UFC’dagi navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi. Rossiyalik yakkakurashchi 17-iyul kuni Tiago Moyzesga qarshi jang qiladi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    12.06.2021, 21:58   Izoh (0)   33449
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2020. Uels va Shveysariya o‘yinida g‘olib nomi aniqlanmadi

    12.06.2021, 20:05

    “Prezident”ning gapini ikki qilolmaydigan, “Barselona”ga o‘tish uchun maoshi kamayishiga rozi bo‘lgan, penaltidan gol urishni yoqtirmaydigan Xavyer Maskerano haqid...

    12.06.2021, 19:00

    Yevro—2020. De Bryuyne va Eden Azarsiz Belgiya Rossiyaga, “ajdarlar” esa “bankirlar”ga qarshi

    12.06.2021, 17:21

    Hisob-kitob: O‘zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida

    12.06.2021, 15:44

    Vadim Abramov: “Raqibdan kelib chiqib o‘ynashga majbur bo‘ldik”

    12.06.2021, 12:44

    Argentina terma jamoasi Amerika Kubogi—2021 uchun yakuniy qaydnomani e’lon qildi

    12.06.2021, 08:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda shifokorlar tug‘ilayotgan chaqaloq qo‘lini uzib yubordi

    Dunyo | 6 avgust, 16:05

    “Formula-1” Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi

    Kino | 6 avgust, 15:55

    Toshkent viloyatida ikki nafar qiz suv omboriga cho‘kib ketdi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:50

    Eron Isroilga josuslik qilgan shaxsni qatl etdi

    Dunyo | 6 avgust, 15:40

    “Bo‘sh joy yo‘q”. Jennifer Lopesni Istanbuldagi Chanel do‘koniga kiritishmadi

    Shou-biznes | 6 avgust, 15:27

    “O‘zgidromet” 7-avgustda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 15:15

    Suleyman Karimovning 325 mln dollarlik yaxtasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi (video)

    Dunyo | 6 avgust, 15:10

    Ular taslim bo‘lmagan: nogironligiga qaramay muvaffaqiyatga erishgan aktyorlar

    Kino | 6 avgust, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.