• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Prezident”ning gapini ikki qilolmaydigan, “Barselona”ga o‘tish uchun maoshi kamayishiga rozi bo‘lgan, penaltidan gol urishni yoqtirmaydigan Xavyer Maskerano haqida

    Argentinalik taniqli futbolchi Xavyer Maskerano 8-iyun sanasida 37 yoshni qarshiladi. “Kichkina hukmdor”ning faoliyatidagi yorqin lahzalar “Barselona”da kechgan. Quyida Maskeranoning kataloniyaliklar safidagi eng esda qolarli lahzalari yodga olinadi.

    “Barselona”ga o‘tish uchun maoshining 20 foizdan voz kechgan

    2010-yilning yozida “Liverpul” murabbiyi Rafael Benites jamoani tark etadi. Xavyer Maskerano Benitesni judayam hurmat qilardi, shu o‘rinda murabbiy ham futbolchiga ishonardi. Benites “Inter”ga o‘tgach argentinalik futbolchini ham Italiyaga chaqirdi. Ammo o‘sha yilgi mundialdan so‘ng Maskeranoning terma jamoadagi sherigi Lionel Messi bilan birga to‘p surishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘payib ketgandi. Chindan ham Xavyer “Barselona” bilan muzokara o‘tkazayotgandi. Ispaniya jamoasi futbolchining transfer narxini tushirishga urinardi, mersisaydliklar esa Maskeranoni yaxshiroq narxga sotishni o‘ylardi. Oxir-oqibat argentinalik futbolchi 24 million yevro evaziga “Barselona” safiga o‘tdi. Bir nechta ispan nashri Maskerano transferning 4 millionini o‘z cho‘ntagidan to‘laganini yozdi. O‘sha vaqtda “Barselona” vitse-prezidenti lavozimida ishlagan Xosep Bartomeu futbolchi ispan grandiga o‘tish uchun maoshi 20 foizga qisqarishiga rozi bo‘lganini aytgandi. “Asosiy tarkibda maydonga tushish qiyin bo‘lgan jamoaga kelayotganimni bilardim, ammo Yevropada qandaydir sovrin qo‘lga kiritishga bo‘lgan ishtiyoqim meni shu yerga yetakladi” – deb aytib o‘tgandi Maskerano intervyularining birida.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Debyut o‘yinidayoq sariq kartochka oladi

    Xavyerning kataloniyaliklar safidagi debyuti 2010/11-yilgi mavsum La Liganing 2-turida quyi diviziondan elitaga chiqqan “Erkules”ga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tdi. Jamoalar o‘rtasidagi bahs 11-sentabr, Kataloniya Milliy kuniga to‘g‘ri keldi. O‘sha kuni “Kamp Nou”da yig‘ilganlarning kayfiyatini buzish kerak emasdi. Ammo barchasi aksincha bo‘ldi: Maskerano 20-daqiqada raqibga yeta olmadi va qo‘pollik ishlatdi. Hakam uni sariq kartochka bilan siyladi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgach esa yana bir bor qo‘pollik ishlatdi, bu safar hakam uni kechirdi. “Erkules” futbolchisi Nelson Valdes esa hisobni ochdi. “Barsa” raqibga qarshi hech narsa qila olmayotgandi. O‘yin tugashiga yarim soat qolganda Valdes dubl qayd etdi. O‘yin 0:2 hisobida yakuniga yetdi va “Erkules” o‘z tarixida ikkinchi bor kataloniyaliklar ustidan mehmondagi bahsda g‘alaba qozondi (birinchisi 1996/97-yilgi mavsumda edi).

    Tayanch yarim himoyachisidan markaziy himoyachiga aylanishi 

    “Barselona” “Manchester Siti”ga ketgan Yaya Turening o‘rnini bosish uchun Maskeranoni xarid qilgani hech kimga sir emasdi. Futbolchi tayanch zonada Serxio Busketsga yordam berishi kerak edi. Xavyerning o‘zi ham asosiy tarkibda joy bo‘lmasligini bilgan holda tashrif buyurgan. “Doimiy maydonda bo‘lishimni tasavvur qilish ahmoqlik bo‘ladi. Chunki markazda uch nafar Jahon chempioni — Xavi, Inyesta va Buskets bor edi. Ular bilan raqobat qilish juda mushkul vazifa. Men ulardan ko‘p narsa o‘rganishga harakat qilaman” — degan edi Xavyer taqdimot marosimida.

    Buskets doimiy ravishda maydonda bo‘lgani uchun Maskerano juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgandi. Himoya chizig‘ida muammolar yuzaga kelgani tufayli Xavyer markaziy himoyachi pozitsiyasida maydonga tusha boshladi. “2011-yil aprel oyida “Almeriya”ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida Gabriel Milito jarohat oldi. Men esa markaziy himoyachi vazifasini bajarishga majbur bo‘ldim. Keyingi o‘yin “Shaxtyor”ga qarshi Chempionlar Ligasining chorak finali edi. Birinchi o‘yinda 5:1 hisobida g‘alaba qozondik, o‘shanda men tayanchda harakat qildim, Buskets esa himoyachi vazifasini o‘tadi. Chunki Erik Abidal jarohat olgandi. Donetskdagi o‘yindan oldin esa Gvardiola markaziy himoyada men harakat qilishimni aytdi. Biz mashg‘ulotlarda bunga tayyorgarlik ko‘rmagandik. Aynan pozitsiyamni o‘zgartirishim, “Barselona”da uzoqroq qolishimning kafolati deya o‘ylab qoldim” — deydi Maskerano.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xavyer yangi pozitsiyada o‘zini ko‘rsata oldi va Pep yangi himoyachi olish qaroridan voz kechdi. Muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ldi. Maskerano keyingi 7 yil davomida himoyachi pozitsiyasida o‘ynadi.

    Bendtnerga qarshi harakat

    2011-yilgi Chempionlar Ligasi nimchorak finali “Barselona” uchun og‘ir kechdi. “Arsenal” bilan bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda kataloniyaliklar 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Kamp Nou”dagi javob o‘yinida esa himoyani unutmagan holda hujumkor futbol namoyish etish zarur edi. Birinchi bo‘limda “Barselona” hisobni ochdi, tanaffusdan so‘ng esa Buskets o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, Robin van Persi hakam hushtak chalganidan so‘ng to‘pni tepgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va u qizilga aylanib, maydonni tark etdi. “Arsenal” o‘z jarima maydoniga qamalib oldi. Lekin “Barsa” hujum ketidan hujum qilib, yana 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda esa londonliklar hujumga o‘ta boshladi. Bitta gol ularni keyingi bosqichga olib chiqardi. 87-daqiqada Jek Uilsher Niklas Bendtnerga to‘pni uzatdi. Bendter Viktor Valdes bilan bir-bir vaziyatga chiqib oldi. Daniyalik futbolchi gol urishiga ishongan edi. Davomini esa o‘zingiz ko‘ring:

    3:1 hisobi o‘yin yakunigacha o‘zgarmadi va “Barselona” keyingi bosqichga chiqdi. 2,5 oydan so‘ng esa Chempionlar Ligasida zafar quchdi.

    319-o‘yinida “Barselona” uchun birinchi golini urdi

    Maskerano hech qachon gol urishga qiziqmagan: “River”da 46 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan, “Korintians” va “Vest Hem”da umuman gol urmagan, “Liverpul”da esa 139 o‘yinda 2 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. “Barselona”da esa 318 ta o‘yinda maydonga tushib, umuman gol urmadi. Unga doimo penalti tepish taklif qilingan. “Gol ursam ham o‘yindan uraman” – deb javob berardi. Lekin 2017-yil aprel oyida bu taklifni rad eta olmadi. Aniqrog‘i Pike uni penalti tepishga majburladi. “Prezident (jamoadoshlari hazillashib Pikeni shunday chaqiradi) tepish kerakligini aytdi. Kim bo‘libmanki, prezidentni gapini ikki qilsam?” – tabassum bilan javob berdi Xavyer. Rakitich penaltini tepmoqchi edi. Ammo Pike Ivanga penaltini Maskerano tepishi kerakligini aytdi. Xavyer imkoniyatidan foydalandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xitoyni zabt etishga ketdi

    Xavyer “ko‘k-anorranglilar” safida 300 dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, 19 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. “Barselona”dagi 8 yillik faoliyatidan so‘ng Maskerano Xitoyga yo‘l oldi. Xavyer “Xebey Chayna Forchun” a’zosiga aylandi. “Barselona” argentinalik futbolchi uchun xayrlashuv marosimini tashkillashtirib berdi. “Barsa” futbolchilari esa Maskeranoga atalgan videorolikda suratga tushishdi.

    Xitoydagi 2 yillik faoliyati davomida Xavyer 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    12.06.2021, 19:00   Izoh (0)   19772
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevro—2020. De Bryuyne va Eden Azarsiz Belgiya Rossiyaga, “ajdarlar” esa “bankirlar”ga qarshi

    12.06.2021, 17:21

    Hisob-kitob: O‘zbekiston milliy terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda qayd etishi kerak bo‘lgan natijasi haqida

    12.06.2021, 15:44

    Vadim Abramov: “Raqibdan kelib chiqib o‘ynashga majbur bo‘ldik”

    12.06.2021, 12:44

    Argentina terma jamoasi Amerika Kubogi—2021 uchun yakuniy qaydnomani e’lon qildi

    12.06.2021, 08:27

    Yamanni “yomon qilgan” O‘zbekiston, hakamlardan xafa Shohjahon, Turkiyani taslim qilgan Italiya. Eng so‘nggi sport xabarlari dayjesti

    12.06.2021, 07:49

    Yevro—2020. Italiya ochilish o‘yinida Turkiyani yirik hisobda yer tishlatdi

    12.06.2021, 01:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston TIV Eron va Isroildagi vatandoshlarga harbiy hamda boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:59

    Hindistonda erkak smartfoniga chaqmoq urushi oqibatida halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 23:40

    “Isroil G‘arbning cheksiz qo‘llab-quvvatlashi tufayli Eronga hujum qildi” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 16 iyun, 23:30

    Tramp Kanadada o‘tkaziladigan G7 sammitida Zelenskiy bilan muzokaralar olib boradi

    Dunyo | 16 iyun, 23:20

    Nigeriya qariyb 30 yil oldin qatl etilgan “Ogoni-to‘qqizlik” a’zolarini vafotidan so‘ng afv etdi

    Dunyo | 16 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 16-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:00

    “AQSH Isroilning Eronga hujum qilishiga yo‘l qo‘yib, xalqaro huquqni buzdi” — Eron prezidenti

    Dunyo | 16 iyun, 22:50

    Toshkentda katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 22:40

    Florian Virts hafta oxirida “Liverpul”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

    Sport | 16 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.