• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ummon qa’riga sho‘ng‘ib: kapitan Kusto hayratlari

    11-iyun dunyo okeanlari tadqiqotchisi, fransuz dengizchi-sayyohi, “Suvosti Odisseyasi” nomli mashhur ilmiy-hujjatli serial rejissori, akvalang ixtirochisi, suvosti olami haqida so‘zlovchi ko‘plab kitoblar muallifi Jak-Iv Kusto tavallud topgan kun. “Daryo” kapitanning hayot yo‘li, ilmiy kashfiyotlari, sayohatlari haqida hikoya qiladi.

    Huquqshunosning “muhandis” arzandasi

    Foto: “biography.com”

    Musallas ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Bordoning mo‘jaz Sent-Andre-de-Kyubzak shaharchasida tug‘ilgan Jak-Iv Kusto ilm-fanga ishqibozlik, dunyo kezishga havasmandlikni advokat otasidan “yuqtirgandi”. Fransiya huquqshunoslari orasida eng yosh fan doktori bo‘lib tanilgan Pyer-Danielning Amerikada eng boy korchalon va frankofil Jeyms Hazen Haydning qo‘lida shaxsiy kotib lavozimida ishlashi bo‘lajak olimning kelajagi, iste’dodi shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Oilaviy sayohatlar, dunyokezarlik, yangi maskanlarni kashf etish sabab Jak-Iv juda barvaqt suvosti mo‘jizalariga qiziqib qoladi. Biroq 7 yasharligida surunkali enterit (ingichka ichakdagi yara)ni orttirgach, tanish shifokor bolani ortiqcha qiynamaslik, sermashaqqat sayohatlar bilan bezovta qilmaslikni maslahat beradi. Shu ko‘yi sayohatlar ham barham topadi. Ammo yurakning tubida dunyo kezishga havas-ishtiyoq cho‘g‘dek miltirab turaveradi. Dorishunoslar oilasidan bo‘lgan onasi Elizabet esa bolasini umr bo‘yi qiynaydigan kasallikni forig‘ etish, yo‘qotish yo‘llarini doim izlaydi, lekin tayinli davo topilmaydi. Bolakay Jak-Iv umri oxirigacha qotma, oriq bo‘lib qolaveradi.

    Birinchi jahon urushidan keyin qashshoqlik, iqtisodiy tanglik hamma qatori ularni ham chetlab o‘tmadi. 1922-yili Higgins va Kustolar oilasi Fransiyaga qaytishga, kunini barcha fransuzlar qatori ko‘rishga, buyuk tushkunlik davrini boshdan o‘tkazishga majbur bo‘ladi. AQShdaligida Jak-Iv mexanika va dizaynga qiziqib qolgani, ingliz tiliniyam durustgina o‘rgangani, maktabdagi zerikarli darslar o‘rniga, qiziqroq mashg‘ulotlarga mukkasidan ketgani uchun ona yurtiga qaytib, elektromobil yasashga tushib ketadi. Pullarini yig‘ib-terib, ehtiyojlaridan orttirib, birinchi kinokamerasini sotib oladi-da, atrofidagi borliqni tasmaga muhrlashga kirishadi. Bari aynan shu kamera, tasmaga bir-bir tushavergan lavhalardan boshlanadi – ilm bilan ishtiyoq birlashib ketadi.

    Sarguzashtlarning boshlanishi

    Foto: Getty Images

    Vaqt suvdek oqib, Jak-Iv 1930-yili harbiy-dengiz akademiyasiga o‘qishga kiradi. Guruhdoshlariga qo‘shilib, “Janna d’Ark” kemasida dunyoni ilk bora to‘liq aylanarkan, keyinchalik Shanxay, SSSR hududlariga ham borish, ko‘rgan-kechirganlarini birma-bir suratga muhrlashga ulguradi. Biroq olgan jamiki rasm-tasvirlari izsiz g‘oyib bo‘laveradi. Sababini, qayerga yo‘qolganini o‘zi ham tushunolmay qolaveradi...

    Foto: Google Photos
    Dengiz, okeanlarning jozibasini yuqoridan – osmoni falakdan kuzatish, o‘rganish ishtiyoqi ham Jak-Ivning halovatini o‘g‘irlagandi. Biroq tog‘ yo‘lidagi avtohalokat, bir necha qovurg‘aning sinishi, chap qo‘lning lat yeb, o‘ng qo‘lning falajlanishi bu orzudan voz kechishga majbur qiladi. Sakkiz oylik dori-darmon, malham-davodan keyin to‘liq sog‘aygach, 1936-yili Tulon portidagi “Syuffren” kreyseriga murabbiy bo‘lib ishga joylashadi. Kunlarning birida xo‘jalik do‘koniga ul-bul xarid qilishga kirgan yosh zobit suvda suzganda taqiladigan shaffof ko‘zoynakni ko‘radi-yu, bir haqiqatni – suvosti saltanati hayotining ajralmas bo‘lagi ekanini, endi uni bu olamdan hech qaysi kuch uloqtirib yuborolmasligini anglaydi. Haqiqiy sarguzashtlar shu qarordan so‘ng boshlanadi.

    Suvosti olami mo‘jizalari

    Foto: gettyimages.com

    1938-yili uzoq yillik havas, zo‘r ishtiyoq ortidan nihoyat suvosti dunyosiga sho‘ng‘ish, tadqiqot uchun yangi olamlarni kashf etish imkoni tug‘iladi. Qadrdon do‘stlar: Filip Dyuma, Filip Tayle bilan suv ostida suzilganda zarur bo‘ladigan niqob, naycha, kurakoyoqlarni olib, cheksiz ummon bag‘riga sho‘ng‘ishadi. Oradan besh yilga yaqin vaqt o‘tib, hozirgi akvalangning ilk namunasini yaratishga uringan Jak-Iv ishini Emil Ganyan bilan nihoyasiga yetkazadi. Aynan shu moslama ko‘magida suv ostidagi tadqiqotlarni uzoqqa dovur cho‘zish, okeanlar tubidagi go‘zalliklarni batafsil o‘rganish imkoni oshadi. Kustoning ixtirochiligi, tinimsiz izlanishlari ortidan suvo‘tmas kameralar, yoritish uskunalari, yana suvosti televizion sistemasi paydo bo‘ladi. Aytishlaricha, dengizlarning eng chuqur tubiga birinchi bo‘lib Kusto komandasi yetib borgan ekan.

    Kusto o‘zini “okeanograf texnik” deb atardi. Chindanam, tabiatga oshuftaligi, pedagogligi uchunam ko‘pchiligimiz “moviy qit’a”ning rang-barang jilvalarini kashf etdik. Eng qizig‘i, uning tadqiqotlari, o‘rganishlarini hali yakuniga yetkazib, nihoyalamadik ham.

    E’tirof-u e’tiroz baravar kelsa...

    Foto: Google Images

    O‘tgan asrning 50-yillarida Jak-Iv ro‘yxatdan chiqarilgan tadqiqotlarga mo‘ljallangan kemani ijaraga olib, unga “Kalipso” nomini beradi-da, okeanni eng chuqur yerlarigacha o‘rganishga kirishib ketadi. Tadqiqotlar natijasi dunyoga mashhur “Sukunat olamida” kitobiga jamlanib, 1953-yili chop etiladi-yu, egasiga olamshumul shuhrat keltiradi. Asar asosida olingan film ortidan hujjatli kino janrida tub burilish kuzatilib, boshqalar ham sekin-asta uning ortidan ergashishadi. Film shu darajada shon-shuhrat cho‘qqisiga ko‘tariladiki, bilgichlar uni “Oskar” va “Oltin palma yaprog‘i” mukofotiga loyiq topishadi.

    Yigirma yil davomida ekranlardan uzilmagan filmni aksar mutaxassislar ayovsiz tanqid qilib, Kustoni baliqlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lishda, dengiz osti hayotini toptashda, qahri qattiqlikda aylab kelishdi. Hatto, unga firibgar, yolg‘onchi, ko‘zbo‘yamachi tamg‘asini yopishtirib, nafas olish mushkul bo‘lgan suvosti g‘orlaridan batiskaf bilan chiqib kelayotgan tadqiqotchilarni ijikilab tekshirib, kadrlarni soxtalashtirgan deya so‘roq-savol qilishdi. Jiddiy tanqid-e’tirozlarga qaramay, kapitan sevgan ishida davom etaveradi. Ularga qarata: “Hujjatli janrning juda ko‘p bilarmonlari tesha tegmagan originallikni ko‘rsatish kerak deb o‘ylashadi. Ular borini bor holicha ko‘rsatish, yashirmay-oshirmay taqdim etishdan ko‘ra, aqllilik, shishirish bilan ovora. Bu noto‘g‘ri. Borini boricha ko‘rsatish kerak. Tamom”, — deydi, xolos va okeanlar, daryo-dengizlar, suvosti manzil-makonlari haqida g‘aroyib, aqlni lol qoldiradigan, kishini hayratlantiradigan hujjatli filmlarni olaveradi. Baliqning fe’l-xo‘yini bilishning oson yo‘li – baliqqa aylanishdir, deya “Kosmosdagi voha”, “Shimoliy Amerikadagi sarguzashtlar”, “Amazonka”, “Dunyoni qaytadan inkishof etish” va boshqa ijod namunalari yaraldi va bizga suv tubidagi go‘zalliklarni ko‘rsatdi, inson poy qadami yetmaydigan joylarni ochib, ilm-fan dunyosiga jiddiy yangilik, o‘zgarishlarni kirita oldi. Buni e’tirof etmaslik – nonko‘rlik, insofsizlik.

    Farzand dog‘i, ota-bola nizosi...

    Kapitan Kusto o‘g‘illari Filip va Jan-Mishel Kustolar bilan

    Kapitan Kusto o‘g‘illari Filip va Jan-Mishel Kustolar bilan
    Foto: “rolexmagazine.com”

    Afsonaviy fransuz admiralining suyukli qizi Simona Melxior bilan 1937-yili nikoh rishtasi bog‘langach, Simona turmush o‘rtog‘ining ahamiyati beqiyos ekspeditsiyalarida faol qatnashadi. Uning maslahatgo‘yi, fikrdoshi bo‘lib, 1979-yilgacha goh totuv, goh oralaridan gap qochib yashashadi. Ammo shu yili kenjatoy Filipning “Katalin” samolyotida halokatga uchrab, vafot etishi munosabatlarni qahraton zimistonga aylantiradi. O‘rtadagi sovuqlik shu holicha qolib, yurakni ezadigan diqqinafaslik boshlanadi. Garchi rasman ajrashishmagan bo‘lsa-da, er-xotin alohida-alohida yashab, o‘rtadagi shuncha yillik xotira-turmushni qayta tiklashga ortiq urinishmaydi. Mehr-muhabbat, ko‘ngil, qadrdonlik, do‘stlik... qaylargadir uloqib ketadi.

    1991-yili Simona o‘simtadan bevaqt ko‘z yumadi. Kusto esa o‘n yildan beri birga yashayotgan Fransina Tripletga uylanib, birgalikda Diana va Pyerni ulg‘aytiradi.

    Ikkinchi marta uylanish, onasining o‘rniga boshqa ayolning qo‘yilgani to‘ng‘ich farzand Jan-Mishelga sira yoqmaydi. Ish shu darajaga boradiki, kap-katta o‘g‘il duppa-durust, yana mashhuri jahon Kusto sharifini qo‘llashdan bosh tortib, buni hatto qonuniylashtirib ham oladi. Notariusdan bir parcha qog‘ozni tasdiqlatib, hujjatlarda ortiq Kusto deb ko‘rsatmasliklariga erishadi. Ota-o‘g‘il o‘rtasidagi murosasizlik, sovuqlik Kusto vafotigacha davom etadi. Ammo bugun Jan-Mishel qizi Selin va o‘g‘li Fabiyen bilan otasi Jak-Ivning ishlarini davom ettirmoqda. Suvosti dunyosini farzandlari bilan tadqiq etib, hujjatli filmlar olmoqda.

    Hayotni sevish kerak...

    Foto: Google Photos

    Dengizkezar, okeanosti kashshofi Jak-Iv Kusto 1997-yilning 25-iyunida 87 yoshida miokard-infarkt xurujini boshdan kechirib vafot etadi. Olim tug‘ilib o‘sgan go‘shasi – Sen-Andre-de-Kyubzakdagi yaqinlar ko‘milgan oilaviy sag‘anaga dafn etiladi. Ammo uning ilmiy izlanishlari shu holicha tuproqqa qorishib, yitib ketmadi. “Kusto komandasi” hali ham faoliyatida bardavom, yangi olamlarni kashf etish, fanga o‘zgarishlar kiritish bilan andarmon.

    Jak-Iv Kustoning nomi shu qadar mashhurki, Fransiyadagi ayrim joy nomlaridan tashqari, Sankt-Peterburgdagi fransuz tiliga ixtisoslashgan o‘quv dargohi ham uning nomi bilan ataladi. Tamaddunga qo‘shgan bemisl hissasi, bashar oldidagi xizmatlarini hech bir mezonga solgulik emas. Bari ochiq-oydin, oshkora. Kapitanning o‘zi ham suhbatlarining birida: “Men sotsialist ham, respublikachi ham emasman. Hech kimman. Shunchaki insoniyat kelajagi uchun kurashayotgan kimsaman, xolos”, degandi. Bundan ziyod iqrorning keragi yo‘q, asli.

    Charos Nizomiddinova tayyorladi

    11.06.2021, 22:10   Izoh (0)   83514
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.