“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
16:22, 10.06.2021 33727

Lourens va Shalame, “Germiona va Drako”: Hamkasblariga nisbatan javobsiz sevgini boshdan kechirgan yulduzlar (foto)

Javobsiz sevgiga nafaqat oddiy odamlar, balki mashhurlar ham duch kelishi mumkin.

Noy Shnapp va Zendaya

Foto: Cosmopolitan

“Juda ham g‘alati ishlar”da suratga tushgan aktyor 2019-yilda “O‘rgimchak odam” yulduziga oshiqligini e’lon qilgan. U Zendaya unga yoqishini ma’lum qilgan. Bundan bir yil avvalgi MTV Movie & TV Awards taqdirlash marosimida mukofotni qo‘lga kiritganida esa Zendaya bilan hammaga eshittirib so‘rashgan.

Sofi Terner va Metyu Perri

Foto: Cosmopolitan

“Taxtlar o‘yini” yulduzi 2019-yilda “Do‘stlar”dagi ijrosi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Metyu uning uyi yaqinida suratga tushayotganidan xabar topib juda ham hayajonlanganini ma’lum qilgan. Hatto kunlardan bir kuni Perri uni ko‘rib qolib, uchrashuvga taklif qilishiga umid qilib Twitter sahifasida post qoldirgan, ammo Ternerning bu orzusi amalga oshmagan.

Jennifer Lourens va Timoti Shalame

Foto: Cosmopolitan

Aktrisa 2018-yil fevralda aktyorga bo‘lgan tuyg‘ularini tan olgan: “Timoti, men sening biroz ulg‘ayishingni kutaman”, — degan u.

Meril Strip va Uill Ferrell

Foto: Cosmopolitan

Uch karra “Oskar” mukofoti sovrindori 2015-yilning yanvarida: “Men Uillning ishtirokidagi barcha filmlarni yaxshi ko‘raman”, — degan.

Mettyu Mak-Konaxi va Syuzen Sarandon

Foto: Cosmopolitan

Mettyu 2013-yilda Syuzen juda ham go‘zal ayol ekani va uni yaxshi ko‘rmaslik mumkin emasligini bildirgan.

Emma Uotson va Tom Felton

Foto: Cosmopolitan

Emma Tomni filmning ikkita qismini suratga olish jarayonida juda ham yaxshi ko‘rgani, u birinchi sevgisi bo‘lganini ta’kidlab, aktyorning o‘zi buni bilgani, ular bu haqida gaplashgani va haligacha eslashlari haqida ta’kidlagan.

Helen Mirren va Vin Dizel

Foto: Cosmopolitan

2017-yil birgalikda suratga tushishdan avval Helen Dizel unga allaqachon yoqishini aytgan: “Men qaysidir marosimda nutq so‘zlayotganida ko‘rganman. U juda ham aqlli, quvnoq, men uni yaxshi ko‘raman. Vin, sen mening kimligimni bilmaysan, ammo men seni hali ham yaxshi ko‘raman”, — degan u.

Nikol Kidman va Jimmi Fellon

Foto: Cosmopolitan

Jimmi Nikol 2015-yilda yoqtirishini tan olmagunicha uning oshiqligini bilmagan. “Men seni yoqtirishimni aytganimni yaxshi eslayman, ammo sen lom-mim demagansan. Yarim soatdan keyin menga qiziqmasligingni tushunib yetganman. Bu mening ko‘nglimni og‘ritgan”, — degan Nikol.

Dilan O’Brayen va Hloya Greys Mores

Foto: Cosmopolitan

Aktyor 2011-yilda Dilanning go‘zalligi va unga oshiqligini e’lon qilgan. 2018-yilda esa muxbirlar ularni birga suratga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan.