Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ajralish – bu noma’lum tomonga qadam. Kimdir yangi munosabatlar tomon ketadi, kimdir eski rishtalardan shunchaki qochadi. Ammo hamma yangi hayotdan ko‘p narsalarni kutadi. Afsuski, barchasi ham orzu qilgandek bo‘lavermaydi.

Jonni Depp va Vanessa Paradi

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

2012-yilda aktyor yosh aktrisa Amber Xerdga ko‘ngil qo‘ygani ma’lum bo‘lgan. Aktrisa necha yillik juftlik Vanessa Paradi va Jonni Deppning ajrashishiga sabab bo‘lgan. Aslida juftlik rasmiy ravishda nikohdan o‘tmagan edi, ammo hech kim ularning bir kun kelib ayrilib ketishiga ishonmasdi. Jurnallarda tez-tez Vanessa va Jonnining go‘zal sevgi hikoyalariga bag‘ishlangan maqolalar chop etilar va ikki farzandning onasi haqida so‘z borar edi.

Jonni Depp va Ember Xerd

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Vanessa bilan 14 yillik erkin hayotdan so‘ng Jonni Emberga rasman uylandi. Bu barchani hayratga solgandi. 15 oylik nikohdan keyin juftlik ajrashishga qaror qilgan va sudga ariza bergan. Ajrimga esa kelishib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar sabab qilib ko‘rsatilgan. Keyinchalik Ember aktyorni zo‘ravonlikda ayblab, undan bir necha ming dollar tovon puli ham talab qilgan.

Rayan Filipp va Riz Uizerspun

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Tashqi ko‘rinishi tufayli Rayan modellik va kinematografiyaga kirib borgan va “Men o‘tgan yozda nima qilganingizni bilaman”, “Shafqatsiz o‘yinlar” kabi filmlardagi roli bilan Gollivudning umidli aktyorlaridan biriga aylangan. Ammo aktyorning keyingi faoliyatini faqat muvaffaqiyatsizlikdan iborat deb atash ham mumkin. Karyerasidagi omadsizliklar uning shaxsiy hayotiga ham salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Turmush o‘rtog‘ining qaysarliklaridan charchagan Riz Uizerspun 9 yillik turmushidan so‘ng Filipp bilan ajrashishga qaror qilgan. Xuddi shu sabablarga ko‘ra, Amanda Seyfrid bilan uch oylik munosabati ham yakun topgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Britni Spirs va Kevin Federlayn

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

2004-yilda Britni Spirs raqqos Kevin Federlayn bilan uchrashishni boshlagan va bir necha oydan so‘ng ular to‘y qilishga qaror qilgan. Britnini bo‘lajak turmush o‘rtog‘i birinchi xotinini homiladorlikning so‘nggi oyida tashlab ketgani ham xavotirga solmagan. Kevin esa super yulduzning turmush o‘rtog‘i bo‘lishidan mamnun edi. Shuningdek, Federlaynda rafiqasi karyerasini birozga to‘xtatishi va oilaga vaqt ajratishi istagi paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, u do‘stlari bilan uchrashuv va tungi klublarni afzal ko‘rgan. 2006-yilda ularning ikkinchi o‘g‘li dunyoga kelgan. Ammo farzandlar ham erining ishlashi uchun sabab bo‘lolmagan. Vanihoyat Britni ajrashish uchun ariza berganida, Federlayn undan muvaffaqiyatsiz albomi uchun katta miqdorda to‘lov talab etgan. Albatta, Britnining eng yaxshi qarori bu insondan qochish bo‘lgan va shundan so‘ng oila qurmagan.

Britni Spirs va Jeyson Trevik

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

2011-yilda Britni 40 yoshli agent Jeyson Trevik bilan oila qurmoqchi bo‘lgan. To‘y sanasi ular umuman ayrilib ketguniga qadar ikki marta qoldirilgan. Shu tarzda uning yana bir munosabati muvaffaqiyatsiz yakun topgan.

Tom Kruz va Keti Xolms

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Tom Kruz va Keti Xolmsning his-tuyg‘ulari ommaga ma’lum edi. Juftlikning ajoyib to‘yi, qizi Surining tug‘ilishi va 2012-yilda ularning ajrashgani haqida mish-mishlar quloqqa chalingan. Ammo 10 yil avval Tom o‘z sevgisi haqida baralla jar solishga ham tayyor edi. Aktyor Keti Xolms bilan ajrashganidan keyin qiziga tobora kamroq e’tibor qaratgan va keyinchalik qizini ko‘rishni umuman istamasligini ham ma’lum qilgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Demi Mur va Eshton Katcher

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Demi 5 yil avval yosh aktyor Eshton Katcher bilan ajrashgan. Aktrisa bundan tushkunlikka tushib, juda ko‘p muammolarga duch kelgan. Shuning uchun ham u kasalxonaga yotqizilgan, so‘ngra reabilitatsiya markazida davolanib chiqqan. O‘sha vaqtda Demining boshqalar bilan munosabati shunchaki bo‘lib, hech biri jiddiy tus olmagan. Aktrisa shundan so‘ng boshqa oila qurmagan.

Sharliz Teron va Styuart Taunsend

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

2001-yilda Sharliz va Styuart suratga olish maydonchasida tanishgan. Juftlik to‘y qilishga qaror qilgan, ammo 2010-yilda Sharliz bundan voz kechgan. Aktrisaning do‘stlarining aytishicha, u munosabatni o‘zi tugatgan, chunki ular sevishganga emas, do‘stlarga o‘xshay boshlagan. Styuartning o‘zi Sharlizni rafiqasi deb bilgan, garchi ular rasmiy nikohdan o‘tmagan bo‘lsa-da. Shuningdek, ularning ajrimi rasmiylikni talab etmasa-da, orada hisob-kitob masalalari ham bo‘lgan. Shundan keyin juftlik tinch yo‘l bilan ajrashib ketgan. Bundan tashqari, aktrisa hamkasbi Shonn Penn bilan boshlangan munosabatini ham tezda yakunlagan. 2012-yilda aktrisa o‘g‘il asrab olgan edi, Penn bilan aloqani uzganidan so‘ng Avgust ismli qizni farzandlikka olgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi