Daryo

Havoga sovurilgan pullar: dabdabali to‘ydan so‘ng ko‘p o‘tmay ajrashgan yulduzlar (foto)

Yulduzli juftliklar nikoh oqshomida bergan va’dasida uzoq tura olmagan

3 daqiqa o‘qish197 498 ko‘rishlar0 izoh0

Albatta, barcha ham nikoh to‘yini bir umr yodda qolishini istaydi. Bu borada yulduzli juftliklar ham hech kimdan qolishmaydi. Ularning nikoh oqshomi butun dunyo bo‘ylab ovoza bo‘ladi. Gullar, qimmatbaho to‘y libosi − qisqasi sarflangan pullarning chegarasi yo‘q. Afsuski, oradan ko‘p o‘tmay juftliklarning ajrashib ketishi ularning to‘yidan ham ko‘ra ko‘proq shov-shuvga aylanadi.

Kim Kardashyan va Kris Xamfris

Foto: “be-in.ru”

Kim va Kris 2011-yil 20-avgustda turmush qurgan. Ularning nikoh to‘yi oila a’zolari va do‘stlari bilan birgalikda dabdabali tarzda o‘tkazilgan. Kelin nikoh oqshomi kunida Vera Vangga tegishli oppoq libosda paydo bo‘lgan. Taqinchoqlardan 28 karatli olmos ziraklarni tanlab, 5 million dollar pul sarflagan. Mish-mishlarga ko‘ra, marosimni tashkillashtirish yulduzlarga 10 million dollarga tushgan. Ular to‘y kuni barchasi ko‘ngildagidek o‘tishi uchun harakat qilgan.

Foto: “womanhit.ru”

Ammo shuncha dabdaba ham ularning oilasiga baxt berolmadi. To‘ydan 72 kun o‘tgach, yosh oila ajrashishini e’lon qilgan. Oradan 2 yil o‘tib, ular rasman ajrashgan.

Jennifer Lopes va Kris Jadd

Foto: “aif.ru”

Jen va Kris “Love Don’t Cost a Thing” qo‘shig‘iga klip suratga olinayotganda tanishgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay juftlik katta ziyofat uyushtirib, turmush qurgan. To‘yga sarflangan xarajat yangi oilaga bir necha million dollarga tushgan.

Foto: “spletnik.ru”

Ularning ham nikohi uzoq davom etmadi, afsuski. Jadd o‘sha vaqtda har bir qadami jurnalistlar tomonidan muhokama etilishi xushlamagan, Jenining esa qisqa vaqt ichida turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan fikri o‘zgargan.

Alina Grossu va Aleksandr Komkov

Foto: “clutch.ua”

2019-yilda Alina Grossu va Aleksandr Komkovning o‘tkazilgan nikoh to‘yi uzoq muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yulduzlar Italiyada qadimiy joy bo‘lmish “Villa Arvedi”ni ijaraga olib, ziyofat uyushtirgan. Ikki kunlik ziyofatni tashkillashtirish ularga 100 ming yevrodan ko‘proqqa tushgan.

Foto: Cosmopolitan

Achinarlisi shundaki, to‘ydan bir yil ham o‘tmay yulduzlar ajrashish uchun ariza topshirgan. Alinaning so‘zlariga ko‘ra, ajrashish taklifi Aleksandrdan chiqqan va buning uchun Alina uni kechira olmagan.

Madonna va Gay Richi

Madonna va Gay 2000-yil turmush qurgan. Juftlik ushbu baxtli kunini keng miqyosda nishonlashga qaror qilgan. Tunda otilgan salyutlarning o‘zi uchun 300 ming dollardan ko‘proq pul sarflangan. Shuningdek, to‘rt baravar qimmatga tushgan ziyofat va kelinning Monako malikasi Greys Kelliga tegishli toji ham bunga qo‘shimcha bo‘lgan.

Foto: Cosmopolitan

Albatta, ular umrining oxirigacha birga bo‘lishga qaror qilgan edi. Ammo oradan 8 yil o‘tib, yulduzlar ajrim uchun ariza topshirgan.

Oksana Voyevodina va Malayziya qiroli Tuanku Muhammad V Kelantan Sultan

Foto: “womanhit.ru”

Oksana 2018-yil Malayziya qiroliga turmushga chiqqanida, ko‘pchilik unga havas qilgan edi. Badavlat, mehribon, kelishgan – buni dunyodagi ko‘plab qizlar orzu qiladi.

Foto: Cosmopolitan
Faqat ushbu hikoya uzoq davom etmagan. Nikohdan bir necha oy o‘tgach, qirol garchi rafiqasi homilador bo‘lsada, u bilan aloqalarni uzgan. Juftlikning ajrashish sabablari hanuzgacha aniq emas. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar