Apple kompaniyasi WWDC-2021 ishlab chiquvchilari uchun onlayn konferensiyani o‘tkazdi, deb xabar beradi Spot.
Yangilanishga ko‘ra, endilikda kompaniya veb-brauzerda qo‘ng‘iroqqa ulanish uchun havolalar yaratish va ularni kalendarga qo‘shish imkoniyati mavjud.
- Agar bildirishnomalar juda ko‘p bo‘lsa, tizim ularni avtomatik ravishda Summary tarkibiga qo‘shadi: ular ustuvorlik bo‘yicha tartiblanadi.
- Foydalanuvchi qaysi kontaktlar yoki dasturlardan xabarnomalar kelib turishini tanlashi mumkin: buning uchun “Fokus” rejimini tanlash, shuningdek, “ish”, “shaxsiy”, “dam olish” rejimlarini ishga tushirish kerak bo‘ladi. Funksiya bir vaqtning o‘zida barcha foydalanuvchi qurilmalarida yoqilgan hisoblanadi.
- FaceTime’da SharePlay funksiyasi paydo bo‘ladi. Uning yordamida foydalanuvchilar birgalikda video tomosha qilishlari, musiqa tinglashlari va ekran tasvirini baham ko‘rishlari, shu jumladan, Twitch, TikTok, Disney+ va boshqa hamkorlik xizmatlarini birgalikda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
- FaceTime, shuningdek, Spatial audio, CrystalClear shovqinlarni pasaytirish va fonni avtomatik ravishda xiralashtiradigan “portret rejimi” ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, Weather ilovasi uchun yangilanishlar: endi u yog‘ingarchilik xaritasi, havo sifati va boshqa ma’lumotlarni to‘liq ekranga namoyish etadi.
Yangilangan xaritada ba’zi shaharlardagi binolar haqida batafsil ma’lumotlar qo‘shilgan, tungi rejim yangilangan, haydash rejimi, jamoat transportining harakat jadvali yanada boyitilgan.
Avvalroq Twitter’da Konnor Juiss ismli taniqli insayder iOS 15 foydalanuvchilari o‘z iPhone’lari yordamida yegulik iste’mol qilish kundaligini yurita olishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)