• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi maktablarga eltuvchi yo‘llarning 60 foizi xavfsiz emas deb topildi — so‘rovnoma

    2021-yilning aprelida BMT Bolalar jamg‘armasining (YuNISEF) sog‘liqni saqlash seksiyasi va O‘zbekiston IIV YHXBB tomonidan o‘tkazilgan U-Report onlayn-so‘rovnomasining natijalari e’lon qilindi. Tadqiqotning maqsadi maktablarda yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida o‘spirin va yoshlarning umumiy tushunchasini o‘rganishdan iborat, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    So‘rovda o‘zlari maktabga boradigan yoki farzandlari maktabga qatnaydigan oilalardan iborat 7,5 mingdna ortiq respondent ishtirok etgan. Olingan ma’lumotlar maktablar atrofida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi va strategiyasini ishlab chiqishda foydalaniladi.

    “Maktabingizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun qanday choralar ko‘rilgan?” degan savolga respondentlarning uchdan bir qismi hech qanday chora ko‘rilmaganini ma’lum qilgan. Ushbu javob variantini tanlaganlarning eng katta ulushlari Sirdaryo (44 foiz), Surxondaryo (42 foiz) va Jizzax (41 foiz) viloyatlarida qayd etilgan. Navoiy va Qoraqalpog‘istonda esa bu kabi javob eng kam tanlangan (mos ravishda 21 va 24 foiz).

    Maktablar qarshisida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘rilgan eng keng choralar qatoridan “Bolalar” (18 foiz) va tezlik cheklanganiga (14 foiz) oid yo‘l belgilari o‘rnatilgani ko‘rsatilgan. 9 foizi svetofor borligini qayd etgan bo‘lsa, yana 9 foizida — tezlikni kamaytiruvchi sun’iy to‘siqlar, 8 foizida — tartibga soluvchi borligi ma’lum qilingan.

    Respondentlarning 4 foizi “Boshqa” javob variantini tanlagan bo‘lib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi quyidagi bir nechta choralarni ko‘rsatib o‘tgan: 1) maktab mahalla yoki daha ichida joylashgani sabab xavfli yo‘llar mavjud emas; 2) yerusti piyodalar o‘tish joyi tashkil etilgan; 3) YHXBB inspektorining maketi o‘rnatilgan.

    Respondentlarning javoblariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘quvchilarning aksariyati maktabga piyoda borib-keladi (75 foiz). Tumanlar o‘rasida bu borada biror sezilarli farq yo‘q, Toshkentdan boshqa — bu yerda bolalarning 62 foizi maktabga piyoda qatnaydi. Poytaxtdagi 17 foiz bolalarning ota-onalari ularni maktabga mashinada olib borib qo‘yadi, 9 foizi avtobusda, 6 foizi — taksida va 2 foizi — metroda boradi.

    “Maktabga eltadigan yo‘llar xavfsizmi?”, degan savolga respondentlarning 51 foizi salbiy javob bergan. Ayniqsa, yo‘llar xavfsiz emasligidan poytaxtdagi respondentlar xavotirda — 60 foiz. Bu kabi respondentlarning yuqori ulushi Surxondaryo (56 foiz) va Buxoro (54 foiz) viloyatlarida ham qayd etilgan.

    Maktabga eltuvchi yo‘llar xavfli ekanini asosan katta yoshdagi respondentlar tasdiqlagan. Ushbu variantni 30 yoshdan katta respondentlarning 68 foizi tanlagan. Taqqoslash uchun, 15 yosh bo‘lgan respondentlarning 22 foizigina, maktab yo‘llari xavfsiz emas deb hisoblaydi.

    Respondentlarning aksariyat qismi Yo‘l harakati qoidalari borasidagi bilimlarini “yaxshi” (70 foiz) va “a’lo” (19 foiz) deb belgilagan. Ushbu savolda turli yosh tafovutlari va tumanlar o‘rtasidagi sezilarli farq yo‘q, faqat Toshkentdagi respondentlarning 30 foizi o‘z bilimini “a’lo” deb baholagan.

    So‘rovnomada ishtirok etganlarning 8 foizigina maktablarda Yo‘l harakati qoidalari va xavfsizligi darslari batafsil hamda juda sifatli o‘tilishini ta’kidlagan. 17 foiz respondent “juda yomon”, 6 foizi — fan bo‘lgani bilan o‘qituvchi yo‘q bandini tanlagan (Sirdaryoda — 9 foiz). 20 foiz respondent bu kabi darslar hech qachon o‘tilmaganini ma’lum qilgan.

    Shuningdek, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 19 foizi maktablar yaqinida Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sifatini oshirishga YHXBB ekspertlarining darslarga taklif etilishini qayd etgan. Ayniqsa, ushbu fikrni 22 foiz maktab ishchilari qo‘llab-quvvatlagan.

    Mavzuga doir: Fatvo: Yuqori tezlik sabab o‘lgan haydovchining maqomi o‘z joniga qasd qilganniki bilan teng

    05.06.2021, 10:28   Izoh (0)   12154
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Talimarjon IESdagi avariyaviy holat oqibatida “O‘zbekneftgaz” korxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtab qoldi

    05.06.2021, 10:01

    Qashqadaryoda 4 yoshli o‘g‘lini 25 mln so‘mga sotishga uringan ona va uning sherigi qo‘lga olindi

    05.06.2021, 09:24

    O‘zbekistonda voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilari tayinlanadi

    05.06.2021, 09:03

    O‘zbekiston yanvar—aprel oylarida 113,7 mln dollarga yengil avtomobillar import qildi

    05.06.2021, 08:02

    Mashina yo‘lida o‘qilayotgan juma namozi, ilon ovi bo‘yicha musobaqa, Xitoyning muzqaymoqxo‘r pandasi. 4-iyun suratlari

    04.06.2021, 23:58

    “Toshkent shahar kengashining qarorida reklama konstruksiyalarini demontaj qilish bo‘yicha talab yoki topshiriqlar belgilanmagan” — biznes-ombudsman

    04.06.2021, 23:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.