Daryo

Fatvo: Yuqori tezlik sabab o‘lgan haydovchining maqomi o‘z joniga qasd qilganniki bilan teng

O‘zbekiston musulmonlari idorasi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga doir fatvo e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish48 514 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston musulmonlari idorasi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga doir fatvo e’lon qildi.

Foto: “Daryo”
Fatvoga ko‘ra:
  • Yo‘l harakati qoidalariga amal qilish shar’an vojib amal hisoblanadi. Musulmonlar ushbu qoidalarga e’tiqoddan va qunt bilan amal qilishlari kerak;
  • Ruxsat etilgandan yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovchi shar’iy jihatdan haddidan oshgan va o‘z joniga qasd qilgan maqomida hisoblanadi.
  • Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan yoki bunga layoqati bo‘lmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi joiz emas.
  • Yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan holatda transport vositasini boshqarish shar’an joiz emas.
  • Transport vositasi yo‘lga yaroqli bo‘lmagan holatda undan foydalanish shar’an man etiladi.
  • Yo‘l jamoa foydalanadigan tarmoq ekani sababli yo‘l harakati ishtirokchilari o‘zaro odob va madaniyat bilan munosabatda bo‘lishlari, boshqalarga xalaqit berishdan, qo‘pol so‘z va xatti-harakatlardan saqlanishlari lozim.
“Musulmon kishini yo‘l harakati qoidalari, odob va madaniyatlariga amal qilishi kuzatuv kameralari yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari xodimlari nazorat qilayotgani uchun emas, balki amaldagi yo‘l harakati qonun-qoidalariga amal qilish – islom shariatining talabi deb e’tiqod qilgan holda bajarishi kerak. Shunda yo‘lda yurish ham ibodatga aylanadi. Vallohu a’lam”, – deyiladi idora xabarida.

Bundan avval O‘zbekistondagi yo‘l harakati sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgani, O‘zbekistonda yilning dastlabki choragida yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lgan bolalar soni 64,5 foizga oshgani hamda Farg‘onada bir haftada YTHlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar