3-iyun kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida yana bir dabdabali to‘y bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov, qiziqchi Shukurullo Isroilov, boshlovchi Farhod Alimovlarning do‘sti qizini uzatdi. To‘y videolari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Nikoh oqshomi mahorat bilan sahnalashtirilgan raqslar, mashhur xonandalarning chiqishlariga boy bo‘ldi. Ayniqsa, bo‘yi taxminan uch metrga uzaytirilgan raqqosaning chiqishi mehmonlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
To‘yni taniqli boshlovchilar Farhod Alimov va Nilufar Sotiboldiyevalar olib bordi.
Izoh (0)