Futbol bo‘yicha JCh—2022 saralashining Janubiy Amerika mintaqasidagi o‘yinlari davom etmoqda. O‘zbekiston vaqti bilan 4-iyun tongida 5-turning bir qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Argentina o‘z uyida Chilini qabul qildi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Lionel Messi penaltini aniq ijro etgan holda hisobni ochgan bo‘lsa, 36-daqiqada Aleksis Sanches muvozanatni tikladi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Urugvay terma esa Paragvayni qabul qildi. Uchrashuvda nursiz durang qayd etildi.
Kolumbiya safarda Peruga qarshi bahs yuritdi. Yerri Mina, Mateus Uribe va Luis Diasning gollari kolumbiyaliklarga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.
JCh—2022 saralashi, KONMEBOL
5-tur bahslari
4-iyun, juma
Argentina — Chili 1:1
Gollar: 1:0 – 24, penalti Messi, 1:1 – 36 Sanches.Argentina: Martines, Foyt (Molina, 81), Romero, Martines (Martines, 46), Talyafiko, de Paul, Paredes (Palasios, 81), Di Mariya (Alvares, 62), Okampos (Korrea, 46), Messi, Martines.
Chili: Bravo, Mena, Maripan, Isla, Medel, Pulgar, Galdames (Pinares, 65), Sanches, Arangis (Alarkon, 86), Vargas (Palasios, 81), Meneses.
Ogohlantirishlar: Galdames (2), Martines (43), Romero (52), Arangis (68).
Urugvay — Paragvay 0:0
Peru — Kolumbiya 0:3
Gollar: 0:1 – 40 Mina, 0:2 – 49 Uribe, 0:3 – 55 Dias.Chetlatishlar: Trauko (45) — Munos (59).
Boliviya — Venesuela 3:1
Gollar: 1:0 – 5 Moreno, 1:1 – 26 Chanselor, 2:1 – 60 Bexarano, 3:1 – 83 Moreno.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)