2023/24-yilgi mavsumdan boshlab Fransiya oliy divizionidagi jamoalar soni 20 tadan 18 taga qisqaradi, deb xabar beradi L’Equipe.
Fransiya Professional futbol ligasi bosh assambleyasining yig‘ilishida jamoalarning qisqarishi borasidagi qaror bir ovozdan ma’qullandi.
Qayd etib o‘tish joiz, Liga 1 ga 1932-yilda asos solingan. 1970/71-yilgi mavsumdan buyon musobaqada 20 ta jamoa ishtirok etib kelayotgan edi. Mavsum yakunida eng yomon natija qayd etgan 3 ta jamoa Liga 2 ga tushib ketadi va u yerda eng yaxshi natijaga erishgan 3 ta jamoa yuqori divizionga chiqadi.
2022/23-yilgi mavsum so‘ngida Fransiya chempionatini 4 ta jamoa tark etadi va quyi diviziondan 2 ta jamoa yuqoriga ko‘tariladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)