O‘zbekistonda 31-may kunduz kuni uchun havo haroratining mutlaq maksimum darajasi qayd etildi, deb yozmoqda “O‘zgidromet”.
“O‘zgidromet” meteorologik stansiyalari ma’lumotlari bo‘yicha ushbu kecha-kunduz uchun maksimal havo harorati quyidagicha bo‘ldi:
- Nukus — 41,2 daraja, bu 2015-yilga nisbatan 1,7 darajaga yuqori (39,5 daraja)
- Urganch — 42,9 daraja, bu 1933-yilga nisbatan 3,5 darajaga yuqori (39,4 daraja)
- Buxoro — 43 daraja, bu 1967-yilga nisbatan 2,7 darajaga yuqori (40,3 daraja)
- Navoiy — 41 daraja, bu 1961-yilga nisbatan 0,5 darajaga yuqori (40,5 daraja).
Izoh (0)