Daryo

O‘zbekistonda hafta davomida juda issiq ob-havo saqlanib qoladi

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, yuqori harorat qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish75 596 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda hafta davomida, asosan, quruq va juda issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim kunlarda, asosan, kechga yaqin va Toshkent viloyatida 1-iyunda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ish haftasi davomida ko‘pgina viloyatlarda havo harorati kechalari 22—25 daraja iliqni, kunduz kunlari 37—39 daraja issiqni, janubda va cho‘l hududlarida 38—43 daraja issiqni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori bo‘ladi.

“O‘zgidromet”ning ogohlantirishicha, 31-may va 1—2-iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17—22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Mavzuga doir: Yozning birinchi kuni Toshkent shahri va viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar