AQShda kataxula zotiga mansub Roksi laqabli it sog‘ligi bilan muammo yuzaga kelgan Leker laqabli boshqa bir it — oltin retriverning qarovchisiga aylandi, deb xabar beradi Meduza.

Kadr: YouTube

Ma’lum qilinishicha, Leykerning tez-tez tutqanog‘i tutib turadi. Olti oyligida unga epilepsiya tashxisi qo‘yilgan va dori-darmon ichish buyurilgan. Dorilar tutqanoqni nazorat qilishga yordam beradi, biroq ba’zida it o‘zi bilan nima sodir bo‘layotganini tushunmagan holda yugurib, yig‘lay boshlaydi.

Leykerning uni yaxshi ko‘ruvchi va ardoqlovchi xo‘jayinlaridan tashqari, doimo yonida bo‘lgan do‘sti — Roksi ham bor. It muntazam ravishda Leykerni kuzatib yuradi. Agarda retriverning tutqanog‘i boshlanib qolsa, Roksi uning yoniga yugurib kelib, do‘stini polga bosadi. Tutqanoq bir zumda yo‘qoladi.

Itlarning egalari shu kabi holatlardan birini videoga olishga muvaffaq bo‘lgan. Tutqanoqdan so‘ng Leyker minnatdorchilik bildirib, Roksini o‘pib qo‘ygan.

Itning xo‘jayinlarini so‘zlariga ko‘ra, Roksini hech kim tutqanoqni to‘xtatishga o‘rgatmagan. U aqlli va ichki hissiga tayangan holda ish tutadi.