Hyundai’ning Braziliyadagi dilerlik markazi uzoq vaqt salonga kelib-ketib yurgan boshpanasiz itni ishga oldi. Tucson laqabli it shourumning rasmiy xodimiga aylandi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Instagram / Hyundai

2020-yilning bahorida Braziliyaning Serra shahrida boshpanasiz it tez-tez Hyundai’ning mahalliy dilerlik markaziga keladigan bo‘lgan. Avvaliga avtosalon xodimlari itni boqib, u tumanni yaqin orada tark etishiga umid qilgan. Biroq bir necha hafta davomida u har kuni qaytib kelavergan. Natijada dilerlik markazi menejeri itga yuqori baho berib, uni shourumning avtomobil konsultanti lavozimiga ishga joylashtirgan.

Foto: Instagram / Hyundai

Yangi xodim Koreya brendidagi krossover sharafiga Tucson laqabini olgan. Bundan tashqari, hayvon avtosalon xodimi degan guvohnomaga ham ega bo‘lgan. Itga barcha zarur emlashlar qilingan, shuningdek, avtosalon zaliga maxsus bo‘lmacha o‘rnatilgan.

Foto: Instagram / Hyundai

Foto: Instagram / Hyundai

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida AQShning Virjiniya shtati politexnika universiteti Mus laqabli labrador-retriver zotli itga veterinariya fanlari doktori unvonini bergan edi.