Daryo

AQShda it oilani tornadodan qutqarganidan 54 kun o‘tib uyga qaytdi

Tornado oqibatida oila a’zolari jarohat oldi

1 daqiqa o‘qish51 970 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: CNN

Amerikaning Tennessi shtati Kukvill shahrida Bella laqabli it oilasini tornadodan qutqarganidan 54 kun o‘tib, uyiga qaytdi, deb xabar berdi CNN.

Foto: CNN

3-mart kuni olti yoshli Bella o‘z egasi Erik Jonsonni uyg‘otgan. Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, it ko‘ngilsiz hodisa yuz berishidan ogohlantirayotgandek edi.

Erkak televizorni qo‘yib, shaharga tornado yaqinlashayotganidan xabar topdi. Shunda Jonson xotini va bolalarini vannaxonaga yashirib qo‘yib, o‘zi itni olishga ketdi. Shu paytda uy buzila boshladi.

Tornado oqibatida Jonson boshidan jarohat oldi, uning xotini esa qovurg‘asini sindirib oldi.

Ular vayronalar ostidan chiqib olganida it yo‘qolib qolgani oydinlashdi. Bellani ikki oy muvaffaqiyatsiz izlashdi. Barcha umidlar so‘nganida it uydan uzoq bo‘lmagan hududdan topildi. Shu tarzda 54 kunlik ayriliqdan so‘ng it egalariga qaytdi.

Foto: CNN
Jonsonlar oilasi uysiz qolganiga, jarohat olganiga qaramay, yana hamma oila a’zolari birgaligidan xursand, deyiladi xabarda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar