“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi final o‘yinida “Chelsi”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Pep Gvardiola “Manchester Siti” bilan “Chelsi”ga qarshi kechgan 14 o‘yinning 7 tasida mag‘lub bo‘ldi. Bu uning ingliz klubi boshqaruvidagi eng yomon natijasi hisoblanadi.
Gvardiola “Siti” bilan “Manchester Yunayted”ga 6 marta (14 o‘yin), “Liverpul”ga 5 marta (13 o‘yin), “Tottenhem”ga esa 4 marta (13 ta o‘yin) mag‘lub bo‘lgan.
E’tiborlisi, London klubidan uchralgan 7 mag‘lubiyatdan 3 tasi so‘nggi ikkiga to‘g‘ri keldi: “Chelsi” 17-aprel sanasida Angliya Kubogi yarim finalida 1:0 hisobida “Siti”dan ustun kelgan bo‘lsa, 8-may kuni APL doirasidagi bahsda g‘alaba qozondi (2:1).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)