Endryu Kostman ismli italiyalik dizayner par yoki sintepon o‘rniga geliy bilan to‘ldirilgan Helium-10000 nomli parkiyimni o‘ylab topdi, deb xabar beradi Esquire.
Kurtka xuddi havo shari kabi ucha oladi — uni kiyib yurgan foydalanuvchi, albatta, havoga ko‘tarilmaydi, ammo uning o‘zini ipga boylab ko‘tarib yurish va shkafga osish o‘rniga shift ostida qoldirish mumkin.
Parkiyim jamlanmasining har biriga geliyli ballon qo‘shib beriladi, chunki gaz ikki hafta davomida ta’sir ko‘rsata oladi va kurtka egasi uni muntazam yangilab turishi kerak.
Cheklangan 100 nusxada Yaponiyada yaratilayotgan kurtkani olti xil rangda xarid qilish mumkin. Geliy bilan to‘ldirilgan parkiyim narxi 10 ming dollarni tashkil etadi.
Avvalroq Yaponiyada pedikyur qilingan oyoq ko‘rinishidagi botinkalar ishlab chiqarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)